Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Alisher Usmonovning siri oshkor etildi


“USM Holding” aksiyadorlik jamiyati ta’sischisi va rahbari Alisher Usmonov Toshkent shahridagi “Paxtakor” stadioni rekonstruksiyasida ishtirok etayotgani rasman tasdiqlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Avvalroq Alisher Usmonov “Paxtakor” futbol klubi ishiga aralashmasligi haqida turli xil mish-mishlar tarqalgan edi.

“Bugun, 9 sentabr kuni Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Prezidenti, Vatandoshimiz Alisher Usmonov o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan Alisher Burxanovichni qutlug‘ 65 yoshi bilan muborakbod etamiz.

Alisher Usmonovning jahon sporti taraqqiyoti, Olimpiya harakati rivojida tutgan o‘rni beqiyos. Shuningdek, u kishi O‘zbekistonda nafaqat sport va ijtimoiy soha, balki, mamlakat iqtisodiyoti rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Biz buni yuksak qadrlaymiz va chuqur minnatdorchiligimizni izhor qilamiz.

Shu bilan birgalikda Alisher Burxanovichning O‘zbekistonda qilichbozlik sport turini rivojlantirish, Respublikamizdagi eng katta stadion “Paxtakor” arenasini tubdan rekonstruksiya qilish va qayta qurish ishlariga bosh-qosh bo‘layotganligi bu insonning qay darajada vatanpavar ekanligidan darak beradi.

Hurmatli Alisher Burxanovich! Bugungi shodiyona kunda Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, ishlaringizga rivoj tilaymiz. O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida hormay-tolmay uzoq yillar mehnat qilishingizni, kasbiy faoliyatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Biz sizdek vatandoshimiz bilan faxrlanamiz!”, deyiladi MOQning Alisher Usmonovga yo‘llangan tabriknomasida.

Biznesmenning yordamchilari “Paxtakor” stadioniga oid ma’lumotlar to‘g‘riligini rad etib, uni sir saqlab kelayotgan edilar.

Lekin yaqinda “O‘zbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan “Daxldorlik tuyg‘usi” nomli filmda Alisher Usmonov “Paxtakorga” 20 million dollar kiritgani va stadion modernizatsiya qilinishi uchun alohida 100 million dollar sarmoya ajratilgani aytib o‘tildi. Demak, Alisher Usmonov O‘zbekistondagi loyihalarga o‘z sarmoyalarini kamida bir yildan beri kiritib keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3227-son “Paxtakor” futbol klubining moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilingandi.

Qarorga ko‘ra, “PAXTAKOR” sport-mashg‘ulot o‘quv markazi” MChJ va “PAXTAKOR TENNIS ASE” MChJ — “Paxtakor futbol klubi” MChJga birlashtiriladi.

Keyinchalik uning ustav jamg‘armasidagi 80% ulushi “SFI Management Group” XK MChJga “nol” xarid qiymatida sotiladi, 20 foizi esa Toshkent hokimligida qolishi haqida xabar bergan edik.

Shuni ham aytib o‘tish joiz, Alisher Usmonov shu yilning 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qo‘lidan yuksak mukofot – “El-yurt hurmati” ordenini qabul qilib olgan edi.

Akmalxon Eshonxonov



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 8946 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Alisher Usmonov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное