Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Amerika qorbo‘ronlar shtatlariga aylanmoqda

Ayni damda Atlantika okeanning har ikki tomonida qorbo‘ronlari kuzatilmoqda. Meteorologlarning fikricha, o‘tgan 2015 yil kuzatuvlar olib borilayotgan davrdan buyon eng issiq yil bo‘lgan. So‘nggi bir yilda Shimoliy yarim sharda harorat 0,2 darajada isigan. Bu kabi global iqlim o‘zgarishi shu kunga qadar qayd etilmagani tan olinmoqda. Olimlarning fikricha, 2016 yil yanada issiq bo‘lishi mumkin. Qish faslida Yevropa va AQShdagi g‘ayritabiiy qorbo‘ronlarini ko‘rib, yoz faslida kunlar isib ketishiga ishonish mumkin. Atlantika okeanining har ikki qirg‘oqlarida kuzatilayotgan g‘ayritabiiy qorbo‘ronlariga xavo oqimi yo‘nalishining o‘zgargani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Yangi yil kirib kelishi bilan AQShning shimoliy-g‘arbiy mintaqalari kuchli qorbo‘ronlari qurshovida qoldi. Mamlakatning nisbatan issiq bo‘lgan Sharqiy sohillarida ham kunlar sovib ketdi. Qorbo‘ronlari yaqinlashayotgani bois AQSh aviakompaniyalari bugun minglab samolyot parvozlarini bekor qildi. United Airlines aviakompaniyasi mamlakatning O‘rtaatlantika mintaqasiga amalga oshirilishi kutilgan barcha parvozlar maxalliy vaqt bilan 16.00dan boshlab bekor qilinganini bildirdi. Boshqa - American Airlines, Southwest Airlines va Delta aviakompaniyalari ham xuddi shu kabi yo‘l tutishi aniq. O‘nlab aeroportlar, jumladan Vashington va uning atrofidagi mintaqalarda joylashgan aeroportlar ob-xavo yaxshilangunga qadar parvozlar bekor qilinishi borasida yo‘lovchilarni ogohlantirdi. Bu kabi xolatlarda yo‘lovchilar chiptalarini qaytarishlari yoki boshqa kunga almashtirishlari mumkin.
Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, juma va shanba kunlari AQShda kuchli qorbo‘ronlari yuz beradi. Bir qator mintaqalarda 60 santimetrgacha qor yog‘ishi mumkinligi aytilmoqda. Bu kabi xodisa 1922 yildan beri shu kunga qadar kuzatilmagan edi. Eng ko‘p qor Vashingtonga tushadi. Shuningdek, Nyu-York, Filadelfiya, Baltimor va Sharlot shaxarlari ham tabiat injiqliklari bilan to‘qnash kelishi kutilmoqda. Vashington meri Myuriel Bauzer shaxarda dushanbaga qadar favqulotda xolat joriy qildi. Virjiniya va Merilend shtatlarida xam shu kabi choralar ko‘roildi.
AQSh milliy gvardiyasi (ichki qo‘shinlari) Virjiniya shtatida yuz beradigan qorbo‘ronlari talofatlarini bartaraf etishga jalb qilinadi. Bu xaqda Pentagon rasmiylari bayonot bilan chiqdi. Virjiniyada tabiiy ofatga qarshi Milliy gvardiyaning 500ga yaqin xodimi jalb qilinaligan bo‘ldi. Ular odamlarni xavfsiz joyga olib chiqish, yo‘llarni qulab tushgan daraxtlardan tozalash, jabrdiydalarga oziq-ovqat tarqatish bilan shug‘ullanadilar. So‘nggi bor Milliy gvardiya 2015 yil mart oyida shu kabi ishlarni bajargan edi.
Vashington rasmiylari kuchli qorbo‘ronlari vaqtida shaxar metrosi va avtobuslari xarakatini vaqtincha to‘xtatish borasida qaror qabul qildi. Vashington transport boshqarmasi e’lon qilgan bayonotda aytilishicha, avtobuslar juma kuni maxalliy vaqt bilan 17.00dan boshlab xarakatlarini to‘xtatadi. Metro esa 23.00da berkitiladi. Yo‘llarni qalin qor qoplagani bois transport dam olish kunlari deyarli ishlamaydi. Vashington metropolitenida poezdlar nafaqat yer ostida, balki yer ustida xam xarakatlanadi.
Vashington subtropik mintaqada joylashgan bo‘lib, tez-tez, shu bilan birga kuchli qorbo‘ronlari bo‘lib turadi. Kuchli qorbo‘ronlari vaqtida odatda maktab va muassalalar berkitiladi.
Poytaxt atrofidagi yo‘llar deyarli bo‘shab qoldi. Rasmiylarning maslaxatlariga amal qilayotgan xaydovchilar imkon qadar shaxsiy avtomobillaridan foydalanmaslikka, ya’ni ehtiyoj tug‘ilmaganda muzlab qolgan yo‘llarda yurmaslikka xarakat qilishmoqda.
Vashington va uning atrofida istiqomat qiluvchilar o‘z extiyojlari uchun maxsulotlarini g‘amlab qo‘yishga urinmoqda. Ular birinchi galda, suv, oziq-ovqat, elektr manbaidan maxrum bo‘lishganida kerak bo‘ladigan qo‘l chiroqlarini xarid qilishmoqda.
Do‘konlarning peshtaxtalari payshanba kuni deyarli bo‘shab qolgani aytilmoqda. Shuningdek, qorlarni tozalashda ishlatiladigan kuraklarning ham bozori chaqqon.
Vashingtonda dushanbadan boshlab kunlar isib, qorlar erib ketishi kutilmoqda. AQSh Milliy meteorologiya xizmati taxminlariga qaraganda, qorbo‘ronlari oqibatida 1 milliard dollar miqdorida iqtisodiy zarar ko‘rilishi mumkin.
Kommunal xizmatlar yo‘l va ko‘chalarni qorlardan tozalash masalasini xozirdanoq o‘ylay boshlagan shu kunlarda bolalarning quvonchi cheksiz. Faqat ulargina qishning zavqu shavqidan quvonadi.
Sh.To‘laganov
 


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2843 | Рейтинг: 0| Рейтинг: amerika, qorbo‘ron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное