Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Amerika shou-biznesi og‘ir judolikka uchradi


Mashhur amerikalik aktrisa Sharlotta Rey shu yilning 5 avgust kuni 92 yoshida vafot etdi. Bu xaqda “Fox News” xabar bermoqda.

Hozircha aktrisaning vafoti sabablari oshkor etilmadi. Bundan 7 yil avval aktrisaga oshqozon saratoni tashxisi qo‘yilgan edi. 2017 yilda esa suyak saratoni tashxisi ma’lum bo‘ldi.

Aktrisaning onasi, tog‘asi va opasi aynan shu xastalik natijasida vafot etgan.

1951-1976 yillarda Sharlotta Rey mashhur bastakor Jon Shtraus bilan oila quradi va oilada ikki nafar o‘g‘il farzand dunyoga keladi.

Sharlotta Rey 80 dan ortiq serial va teleshoularda ishtirok etgan.

Aktrisa 1982 yilda “Emmi”, 1966 yilda “Toni” mukofotlari bilan taqdirlangan.

Gulbahor Egamberdiyeva



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6425 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shou-biznes, amerika, og‘ir, judolikka uchradi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное