Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ayol Qalbi - True Love
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Amerikalik olim 2030 yilga borib odamlarning o‘lmasligini bashorat qildi
Amerikalik futurolog va kompyuter olimi Reymond Kursveyl 2030 yilda odamni sun’iy intellektga birlashtirish jarayoni boshlanishi, 2045 yilga kelib kiborglarning birinchi avlodi vujudga kelishini bashorat qildi. Bu haqda “Iflscience” xabar berdi.

Uning aytishicha, insoniyat 2029-2030 yillarda boqiylikka erisha oladi. Bu vaqtga kelib odamlar o‘rtacha umr ko‘rishni har yili bir yildan ortiqroq uzaytirishni o‘rganib oladi. Bundan tashqari, yaqin kelajakda nanorobotlar insoniyatni kasalliklardan qutqaradi.

“Bu omillar tufayli insoniyat umr ko‘rish davomiyligini jiddiy ravishda oshiradi va keyinchalik o‘lmas bo‘ladi”, deydi futurolog.

Kurtsveylning qo‘shimcha qilishicha, 2030 yilda sun’iy intellektga odamni birlashtirish jarayoni boshlanadi va 2045 yilga kelib kiborglarning birinchi avlodi vujudga keladi. Bunday jarayonlar miyaning imkoniyatlarini o‘n ming marta oshiradi va “yangi” odamlar intellektual jihatdan rivojlangan bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Kursveyl bashorat qilishda yetarlicha tajribaga ega. U 1990 yilda kompyuter 2000 yilga borib shaxmat bo‘yicha jahon chempionini mag‘lub etishini, portativ kompyuterlar va smartfonlarning ko‘payishini, simsiz texnologiyalarga o‘tilishi va Internet bumini oldindan ko‘rishini to‘g‘ri bashorat qilgan. 2010 yilda u 20 yil oldin qilgan bashoratlarini qayta ko‘rib chiqqan va ular to‘g‘ri yoki yo‘qligini tekshirgan. Maqolada u 1990 yilda 2010 yilgacha bo‘lgan yillar haqida qilgan 147 bashoratidan 115 tasi “butunlay to‘g‘ri”, yana 12 tasi amalda to‘g‘ri va faqat 3 tasi butunlay noto‘g‘ri bo‘lib chiqqanini ta’kidlagan. Masalan, u 2009 yilgacha o‘z-o‘zidan boshqariladigan avtomobillar foydalanishga kirishishini bashorat qilishda xato qilgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1046 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qildi, o‘lmasligini, amerika, yilga, 2030, bashorat, borib, odamlarning, Olim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:44
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное