Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

2050 yilga borib 5 milliarddan ko‘p odam suv tanqisligiga uchraydi – BMT
2050 yilga borib Yer yuzining besh milliarddan ortiq aholisi turli darajada suv tanqisligini boshdan kechiradi. Bu haqda Butunjahon meteorologiya tashkilotining “Global suv resurslarining holati” hisobotida ma’lum qilingan.

Qayd etish joizki, 2021 yilda dunyoning katta qismi odatdagidan quruqroq ob-havo sharoitini boshdan kechirdi. 

Hozirda 3,6 mlrd odam yil bo‘yicha kamida bir oyda suvdan yetarli darajada foydalana olmaslik muammosiga duch kelmoqda. Bu ko‘rsatkich 2050 yilga borib 5 milliarddan oshishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2001 yildan 2018 yilgacha Yer yuzida kuzatilgan barcha tabiiy ofatlarning 74 foizi suv bilan bog‘liq bo‘lgan. 2021 yilda dunyoning katta hududlarida oxirgi 30 yillik davrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichlarga nisbatan odatdagidan quruqroq sharoitlar qayd etilgan. 

Afrikada Niger, Volta, Nil va Kongo daryolarida suv sathi 2021 yilda me’yordan sezilarli darajada past bo‘lgan. Xuddi shunday holat Rossiya va Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida ham kuzatilgan. Xitoy (Xenan viloyati), Shimoliy Hindiston, G‘arbiy Yevropa, Mozambik, Filippin va Indoneziya kabi tropik siklonlardan zarar ko‘rgan mamlakatlarda esa ko‘plab halokatli suv toshqinlari qayd etilgan.

Hisobotga ko‘ra, 2021 yilda Markaziy va Janubiy Amerika, Shimoliy Afrika va Madagaskar, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, Pokiston va Shimoliy Hindistonda quruqlikdagi suv ta’minoti me’yordan past bo‘lgan.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 645 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tanqisligiga, odam, SUV, borib, BMT, 2050, uchraydi, yilga, ko‘p, 5 milliarddan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное