Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Anjelina Joli hech qachon ona bo‘lish haqida orzu qilmaganini tan oldi

Aktrisa va rejissyor Anjelina Joli ona bo‘lishni xayoliga ham keltirmaganini, lekin u ilk bor o‘g‘il asrab olishga qaror qilganda o‘z fikrini o‘zgartirganini ma’lum qildi.
“Bu g‘alati. Men hech qachon farzandli bo‘lishni xohlamaganman. Men hech qachon homilador bo‘lishni istamaganman. Men hech qachon bolalar bilan vaqt o‘tkazmaganman. Men hech qachon o‘zimni ona sifatida tasavvur qilmaganman”, dedi aktrisa kulib.
"Kamboja maktabida bolalar bilan o‘ynar ekan, Joli birdan uning farzandi shu yaqin atrofdaligini his qilgan. 2002 yilda u Meddoksni o‘g‘il qilib asrab olgan. Bir yildan so‘ng uning sharafiga Battambang qishlog‘ida fond ochdi, deb xabar beradi Associated Press.
Ayni payt aktrisa Kambojada “Avval ular mening otamni o‘ldirishdi” filmini suratga olyapti. Film “Avval ular mening otamni o‘ldirishdi: Kamboja farzandining xotiralari” kitobiga asoslangan. Joliga farzandlari Meddoks va Paks yordam berishyapti.
Anjelina Joli turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan 14 yoshli Meddoks, 12 yoshli Paks, 10 yoshli Zaxara, 9 yoshli Shaylo va 7 yoshli egizaklar Noks va Vivenni tarbiyalashmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4397 | Рейтинг: 1| Рейтинг: anjelina joli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное