Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Anjelina Joli yangi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mashhur Gollivud aktrisasi va ko‘p bolali ona Anjelina Joli yana jarrohlik stoliga yotmoqchi. Xorijiy ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, u o‘zining tashqi ko‘rinishidagi katta kamchilikni yopish niyatida. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta” ma’lumotlariga tayangan holda Dni.ru sayti xabar bergan.

Gollivud go‘zalining fikricha, qo‘lidagi tomirlar juda bo‘rtib chiqqanligi bois, bu nuqson uning ayollik husniga dog‘ tushiryapti. Bu dog‘ni yashirish uchun esa Joli plastik jarrohlik yo‘lini ma’qul kormoqda.

Aktrisani bunga undayotgan omil – Bred Pitt bilan bo‘lajak to‘ylaridir, degan fikrlar ham bor. Uning yaqinlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Joli to‘y marosimida qo‘lqopsiz libosda namoyon bo‘lish istagida. Shu bois ham u qo‘llarini operatsiya qildirmoqchi.

Ko‘pchilikning fikricha, Anjelinaga hech qanday jarrohlik amaliyotining keragi yo‘q, u faqat sal to‘lishsa, tomirlari ham o‘z-o‘zidan sezilmay ketadi. Biroq tinib-tinchimas aktrisa ishga shu qadar qattiq sho‘ng‘iydiki, ko‘pincha hatto ovqatlanishniyam unutib qo‘yadi. Buning ustiga, u o‘z ozg‘inligini go‘zallikka xizmat qiluvchi omil, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, Anjelina Joli o‘tgan yili ko‘krak bezini oldirib tashlagan edi.

Kinodagi faoliyatidan tashqari, u BMT’ning qochoqlar bo‘yicha Oliy komissarligi ko‘ngillisi va Education Partnerhsip for Children of Conflict jamg‘armasining sohibasi ham hisoblanadi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4241 | Рейтинг: 0| Рейтинг: anjelina joli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное