Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Tabib-Nadin kal kai (soundtreck koreya)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Anjelina Joli ilk marta Bred Pitt bilan nima sababdan ajrashgani haqida so‘zlab berdi

Amerikalik aktrisa, rejissor, prodyuser va model Anjelina Joli Gollivud aktyori Bred Pitt bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Joli o‘z qarorini to‘g‘ri, deb hisoblaydi. Uning aytishicha, sobiq eri bilan oila tinchligi uchun ajrashgan.
“Oilamning farovonligi uchun ajrashishga qaror qildim. Men farzandlarim tarbiyasiga e’tibor berishda davom etmoqdaman. Ayrimlar ushbu mavzuda gapirganimdan foydalanib, turli yolg‘onlarni to‘qib chiqarmoqda. Farzandlarim OAVda o‘zlari haqida ko‘p yolg‘on ma’lumotlarni ko‘rdi. Men ularga har doim hayotda eng muhimi ular o‘zlari haqidagi haqiqatni bilishi va mustaqil fikrga ega bo‘lishi kerakligini eslatib turaman”, — deydi 45 yoshli Anjelina Joli.
Juftlik uch nafar o‘z va uch nafar asrab olingan farzandlari borligiga qaramay ajrashdi.
Ular 2016-yilda 12 yil birga yashaganidan so‘ng ajrashgan edi. Ayrim OAVlarda aktyor katta o‘g‘li Meddoks bilan yomon munosabatda bo‘lgani hamda unga qo‘l ko‘targani haqidagi ma’lumotlar tarqatilgan edi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4969 | Рейтинг: 0| Рейтинг: anjelina joli, Bred Pitt, ilk marta
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное