Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSh kosmik qurollar ishlab chiqarilishi uchun 5 mlrd dollar ajratdi

AQSh harbiy-havo kuchlari o‘z sun’iy yo‘ldoshlari tizimini himoya qilish maqsadida hujumkor va mudofaa maqsadlarida foydalaniladigan kosmik qurollarni ishlab chiqish va joriy etish uchun o‘z byudjetidan 5 milliard dollar ajratdi.
AQSh tomonining bu qadar jiddiy xavotirlari va tezkor choralar ko‘rishiga fazoviy kengliklarda yuz bergan birdaniga ikki muhim voqea sabab bo‘ldi. Ulardan biri – Rossiya yaqinda uchta telekommunikasion sun’iy yo‘ldosh va nisbatan past orbitadan yuqori orbitaga ko‘tarila oladigan, shuningdek, boshqa ob’ektlarga yaqinlasha oladigan kosmik qurilmani fazoga olib chiqdi.
«Ushbu yo‘ldosh boshqa bir orbital qurilmaning muhim tizimlarini ishdan chiqarishi va unga portlovchi uskunani o‘rnatishi va hatto kamikadze uslubida hujumga o‘tishi ham mumkin», – deb ma’lum qildi AQSh harbiy-havo kuchlari vaziri Debora Li Jeyms.
Ikkinchidan esa, Xitoy sun’iy yo‘ldoshga qarshi o‘z raketalarini izchillik bilan tekshirishga kirishdi. Shunday raketalardan biri orqali 2007 yilda Xitoyning ishdan chiqqan sun’iy yo‘ldoshlaridan biri urib tushirilgan edi.
Li Jeymsning aytishicha, Rossiya va Xitoynnig so‘nggi sinov va tajribalari Vashingtonda katta xavotir bilan kuzatib borilmoqda va nizolar qachondir Yerdan fazoga ko‘chadigan bo‘lsa, bunga tayyor turish zarur hisoblanadi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3453 | Рейтинг: 0| Рейтинг: AQSH, qurol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное