Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSh Latviyaga 120 ta zirhli texnikalar yetkazib berdi

120 dan ortiq zirhli texnika vositalari, jumladan, tanklar AQShdan Latviyaga olib kelindi. Bu haqda Latviya mudofaa vaziri Raymonds Veyonis ma’lumotlariga tayanib RIA Novosti axborot agentligi xabar tarqatdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, bu texnikalarga M1A2 Abrams rusumidagi tanklar va M2A3 Bradley rusumidagi zirhli mashinalar kiradi. Shuningdek 120ta texnikalarning ta’minlab turish uchun ehtiyot qismlari ham olib kelingan.
“Ittifoqchilarning (NATO va AQSh nazarda tutilmoqda – Kun.Uz) borligi Latviyada birdamlik va xavfsizlik joyida bo‘lishini anglatadi”, deya yozadi Raymonds Veyonis tvitterdagi shaxsiy sahifasi orqali.
AQSh tomoni Rossiya Qrimni o‘ziga qo‘shib olgach, Boltiqbo‘yi va Polsha hududlariga ham xavf solishi mumkin deb hisoblagan holda o‘z qo‘shinlarini ushbu mamlakatlarga kiritmoqda. Hozirda Latviyada 150 nafar AQSh desantchilari ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Latviya 2004 yildan buyon NATO harbiy bloki a’zosi hisoblanadi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2329 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Latviya, AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное