Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQShda polisiya aktrisani otib tashladi


Kaliforniya shtati Janubiy Pasadena shahrida «Tez yordam» seriali aktrisasi Vanessa Markes polisiya tomonidan otib tashlandi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda. Hodisa 30 avgust kuni, ruhiy tushkunlik holatida bo‘lgan aktrisaning uyida sodir bo‘lgan.

Aytilishicha, polisiya Markesning uyiga unda asab huruji ro‘y bergan paytda kelgan. Polisiyachilarning ta’kidlashicha, ular bir yarim soat davomida uni kasalxonaga borishga ko‘ndirishga uringan. Keyin esa aktrisa ularga to‘pponcha o‘qtalgan. Keyinchalik to‘pponchaning o‘yinchoq ekani aniqlangan, ammo polisiyachilar uni haqiqiy deb o‘ylab Markesni otib qo‘yishgan. Aktrisa voqea joyida halok bo‘lgan. Los-Anjeles polisiya departamenti tergov ishlarini olib bormoqda.

Vanessa Markes 1994-1997 yillarda «Tez yordam» serialidagi Vendi Goldman ismli hamshira rolini ijro etgan.



Manba:xabar.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 8523 | Рейтинг: 0| Рейтинг: otib tashladi, AQSH, aktrisa, polisiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное