Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSHning eng yirik kriptovalyuta birjasi xodimlarining 20 foizini ishdan bo‘shatdi
10-yanvar kuni AQSHning eng yirik kriptovalyuta birjasi Coinbase o‘zining operatsion xarajatlarini 25 foizga qisqartirish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Bu 950 ta ish joyini qisqartirishni o‘z ichiga oladi – kompaniya umumiy xodimlarining 20 foizi.

O‘tgan yilning iyun oyida kompaniya “iqtisodiy inqiroz davrida biznes barqarorligini saqlab qolish uchun” xodimlarning 18 foizini qisqartirishi haqida e’lon qilgan edi.

“Coinbase yetarlicha kapitalga ega. Ammo 2022-yilda kripto bozori global iqtisodiyot bilan birga pasayishni boshladi. Shuningdek, biz bozordagi ba’zi yirik o‘yinchilarning qulashiga guvoh bo‘ldik, bu esa qiyin vaziyatning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin”, — dedi kompaniya rahbariyati.

O‘tgan yili kriptovalyuta bozori tez pasayishni qayd etdi. Bitkoin kursi 65 foizga kamaydi, eng yirik kripto platformalaridan biri FTX bankrot bo‘ldi va bu bozorning qolgan qismiga ta’sir qildi.

Ammo Coinbase bularning barchasi vaqtinchalik qiyinchiliklar, deb hisoblaydi.

“Hamma narsaga qaramay, bizning kompaniyamiz va sanoatimiz oldinga siljiydi. Men kelajagimizga ham, kripto sanoati kelajagiga ham optimistlarcha qarayman. Taraqqiyot har doim ham to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, ba’zida biz ikki qadam oldinga va bir qadam orqaga ketadi”, — deydi Coinbase bosh direktori Brayan Armstrong.

11-noyabrda Bagama orollarida ro‘yxatga olingan FTX kriptovalyuta birjasining operatori FTX Group biznesni qayta tashkil etish imkonini beruvchi 11-bob bo‘yicha bankrotlik to‘g‘risida ariza bergan.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 634 | Рейтинг: 0| Рейтинг: AQSH, bo‘shatdi, xodimlarining, 20 foizini, eng, birjasi, kriptovalyuta, yirik, ishdan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное