Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Barcha kutgan klip premerasi: "Chikkita"!

Nafis ayollarimiz va qizlarimizning bayrami bo‘lgan 8-mart sanasida estradamizning maftunkor va samimiy vakilasi Shahzoda muxlislari uchun ajoyib tuhfani taqdim etdi. 
Premera haqida ma’lumot berganimizdan so‘ng, ko‘plab muxlislar tomonidan "Chikkita" qo‘shig‘i va klipi intiqib kutilgani aniq. Aynan shu fursat yetib, tarona ilk bora "O‘zbegim Taronasi" radiosi orqali jarang sochdi. Shundan so‘ng ketma-ket poytaxtimizning boshqa yetakchi radiostansiyaarida ham premera sifatida taqdim etildi.
Sarvar va Komil tomonidan yozilgan qo‘shiq mashhur "Chikko" qo‘shig‘ining davomi bo‘lib, sho‘x va raqsbop ohanggi bilan dillarga xush yoqadi. Buni tinglovchilar ham e’tirof etib, qo‘shiq "Chikko" kabi tezda ommalashib, xit darajasiga ko‘tarilishiga ishonch bildirdilar.
Bir vaqtning o‘zida taqdim etilayotgan videoklip esa juda qisqa vaqt ichida minglab muxlislarning e’tiborini tortgani alohida tahsinga loyiq. 
Sarvar Isaev rejissyorligida Izzat Lutfullaev tasvirga olgan kadrlar beg‘ubor va yorqin tasvirlarga boy. Barcha muxlislar uchun eng asosiy yangilik shundaki, bu klipda bosh rolni Shahzodaning kichik farzandi Halid ijro qilgan. Haqiqiy Chikko obrazini namoyon qilgan Halidning ilk roli ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lganligi tabiiy. 
Klipda animatsiyadan ham keng foydalanilgan. Ular esa Javlon Turdixo‘jaev tomonidan chizilgan. Klipdagi yana bir qahramon "Chikkita" obrazi esa aynan Shahzodaning g‘oyasi asosida tayyorlangan bo‘lib, videoda Chikko hamda Chikkitaning qiziqarli sarguzashtlari tasvirlangan.
Klip 7 yoshdan 70 yoshgacha barcha muxlislarning e’tiborini tortishi aniq. Tabassum hadya eta oladigan klip sizga ham bir olam beg‘ubor hislarni hadya etishiga ishonamiz!

KLIPNI YUKLASH


Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 8118 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: chicco, chikkita, chiccita, Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
samiya Zo'r Shahzodaga omad
Like | 0
Maruf9095 Shaxzoda opani ishlariga omad zo'r bo'pti klip
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное