Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzodadan endi Chiccita taronasi (yilning super hiti)

Bir necha kun avval saytimiz orqali Shahzodaning sirli surati haqida ma’lumot bergandik. Instagram ijtimoiy tarmog‘ining faol foydalanuvchisi bo‘lgan maftunkor xonandamiz animasion fotosurat orqali nima demoqchi ekanligi barchamiz uchun qiziq bo‘lgandi. Shahzoda va’dasiga muvofiq bu surat bilan bog‘liq sirni birinchilardan saytimiz orqali ma’lum qilmoqda.
“Chikko va ...” deya nom berilgan fotosuratga javoban yana bir surat bugun chop etildi. Ma’lum bo‘lishicha, Shahzoda 8 mart kuni muxlislari uchun ajoyib tuhfani taqdim etish istagida.
Bu safargi tuhfa “Chikkita” deb nomlangan qo‘shiq bo‘lib, Xalqaro xotin qizlar kunida bu tarona barcha uchun premera sifatida taqdim etiladi. An’anaga muvofiq, qo‘shiq ilk marta eksklyuziv ravishda “O‘zbegim Taronasi” radiosi orqali soat 13:30da jarang sochsa, shuningdek boshqa FM radiolarda ham “Chikkita” premerasi o‘tkaziladi. Xususan, soat 14:30da “Oriat Dono” radiosida, soat 15:00da “Grand” radiosida, soat 20:20da “Vodiy sadosi” radiosida, 20:30da “Navro‘z” va “Hamroh” radiosida taqdim etiladi.
Qo‘shiqni yosh-u keksa muxlislar orasida mashhur va xitga aylangan “Chikko” taronasining davomi sifatida qarshi olasiz! Beg‘ubor tuyg‘ular va yoqimli hislar haqidagi tarona ham tezda ommalashishi aniq.
Chikkita obrazi Shahzoda tomonidan yaratilgan. Aynan Chikkodan ilxomlangan xonanda kichik qizaloq personajini ham o‘ylab topib, unga Chikkita deya ism tanladi. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7584 | Комментарии: 7 | Рейтинг: 1| Рейтинг: chicco, chiccita, Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 7
grandboss Xit bosinu hit bomasin
Like | 0
sabinAA Aniq xit bòladi
Like | 0
lord_uz_ru eshitib körsak böladimi?
Like | 0
nelly96 Ooooo ofarin
Like | 0
woxruz0226 Waxzoda har doimgidek eng yaxwi
Like | 0
Dilya1983 Шахзодани жуда яхши кураман, унинг хамиша омади келсин, бу таронаси хам хит булиши тарафдориман!;-)
Like | 0
ananasa Omadddd... bu taronayam tocna xit boladi:-)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:13
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное