Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzoda yashirayotgan sir nima?

Estradamizning maftunkor xonandasi Shahzoda ijtimoiy tarmoqlarda, ayniqsa Instagram tarmog‘ida juda faol hisoblanadi. Ijodkorning sahifasi minglab foydalanuvchilar uchun qiziq, jumladan biz uchun ham. 
Kuni kecha Shahzoda antiqa, ya’ni animasion surat joyladi. Suratga esa "Chikko va ???" deya izoh bergan Shahzoda shu vaqtdan boshlab yuzlab savollar girdobida qoldi. 

Surat orqali ko‘rib turganingizdek, rasmda mashhur "Chikko" obrazi va qizaloq tasvirlangan. Muxlislar tomonidan "Bu nimani bildiradi?", "Batafsil ma’lumot bering", "Bu qanday tuhfa?" kabi ko‘plab savollar berildi. Shuningdek, turli taxminlar esa suratning izohlari sonini oshirib yubordi. Barchada turlicha fikr, turlicha taxmin... Bu savollarga Shahzoda xozircha javob bermayadi.
Shahzodaning muxlislari yaxshi bilishadiki, san’atkor Instagram tarmog‘iga tez-tez kichik farzandi, ya’ni o‘g‘li Xalidning fotosuratlarini ham joylashtiradi. "Chikko" videoklipidagi personaj esa jingalak sochlari va munchoq ko‘zlari bilan Xalidni eslatadi. Bu suratda esa "Chikko" obrazi yana tasvirlanganligi e’tiborimizni tortdi. 
Bu surat va uning izohi bizni ham qiziqtirib qo‘ydi. Lekin eng aniq javobni ijodkorning o‘zidan bilishimiz mumkinligini bilgan holda, Shahzoda bilan bog‘landik. Biroq biz ham aniq javob topa olmadik. Shunday bo‘lsa-da, Shahzoda bu sir haqida muxlislar birinchilardan faqatgina saytimiz orqali bilib olishlari mumkinligini ma’lum qildi. Demak, vaqti kelganida oshkor etilishi kutilayotgan syurpriz nima ekanligi borasida savollarga javobni saytimizdan topasiz! Bizni kuzatishda davom eting!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 10945 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: chicco, Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Guli пишет: | 18.02.2015 | 21:54 #4 Страница с комментарием
guli101192 Albette kutemiz
Like | 0
Mohlaroyim Omad
Like | 0
ananasa Удача
Like | 0
Zolushki123 Kutib qolamiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное