Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Bayden koronavirusdan xalos bo‘ldi

AQSh prezidenti Jo Baydenning koronavirus testi manfiy natijani ko‘rsatdi. Bu haqda Oq uy shifokori Kevin O'Konnor xabar berdi. 

Bayden 2 haftadan ko‘proq vaqt oldin koronavirusning omikron BA.5 shtammini yuqtirib olgan edi. 

Prezident o‘zini yaxshi his qilmoqda, deyiladi O'Konnorning Oq uy saytida joylashtirilgan bayonotida. Bugun ertalab prezidentning COVID-19 testi manfiy natijani berdi. 

«Prezident ehtiyot choralarini ko‘rgan holda, ikkinchi testning manfiy natisini kutadi va yakkalanishning qat’iy qoidalariga amal qilishda davom etadi», deb xabar berdi Oq uy shifokori.

79 yoshli Jo Baydenning COVID-19 testi 21 iyul kuni musbat natija bergan edi. Shuningdek, prezident 30 iyul, 31 iyul, 3 avgust va 5 avgust kunlari ham musbat natijali test topshirdi.

Avvalroq Bayden koronavirusga qarshi emlangan va 2 marta qayta emlangan edi.



Manba:Kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 663 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bayden, bo‘ldi, koronavirusdan, xalos
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное