Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Beeline 900 ta yangi baza stansiyalarini ishga tushiradi


Beeline aloqa operatori butun O‘zbekiston bo‘ylab 900 ta yangi baza stansiyalarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi UzDaily.

Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Safronyuk Uzinfocom jurnaliga bergan intervyusida kompaniya regulyatori bilan baza stansiyalarini ishga tushirish bo‘yicha kerakli kelishuvlarga erishilayotgani haqida ma’lum qilgan.

"Ushbu hujjatlar kompaniyaga 900 tagacha yangi baza stansiyalarini ishga tushirish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida aloqa sifatining yaxshilanishiga olib keladi”, — deya ta’kidladi bosh direktor. Shuningdek, u ayni paytda tarmoq rekonfiguratsiya qilinayotgani, bu qisqa muddatli nosozliklarga sabab bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Andrey Safronyuk 2014-yilda kompaniya tarmoqni rivojlantirish va Beeline aloqa hududini kengaytirish ishlarini davom ettirishini bildirdi.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 2459 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aloqa operatori, beeline
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное