Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Beeline “ovozli pochta” xizmatini o‘chirish uchun USSD-kod joriy etdi


"Bilayn-O’zbekiston” mobil aloqa operatori Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatidagi abonentlar uchun ogohlanirilmasdan yoqilgan "Barcha uchun ovozli pochta” xizmatini o‘chirish USSD-kodini joriy etdi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lumotga tayanib "Kun” nashri xabar qiladi.

 

Kompaniya saytidagi xizmat haqidagi sahifada ma’lumot berilishicha, agar abonent kiruvchi qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, "Barcha uchun ovozli pochta xizmati” avtomatik tarzda ishlaydi. Biroq, ushbu xizmatdan foydalanishni istamagan abonentlar o‘z telefonida ##61# kodini terib, xizmatni o‘chirishi mumkin. Xizmatni qayta yoqish uchun **61*+998901850094# kodini terishi kerak bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, bungacha xizmatni faqatgina Beeline kol-markaziga qo‘ng‘iroq qilib o‘chirish mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, "Barcha uchun ovozli pochta” xizmati "Bilayn”ning yuqorida qayd etilgan hududlardagi abonentlar uchun 20-noyabr kuni joriy etilgan edi. Kompaniya ushbu pulli xizmat haqida (har bir qoldirilgan ovozli xabar haqi 3 sent) abonentlarni ogohlantirmagan edi va shu sabab ham foydalanuvchilar tomonidan turlicha kutib olindi.

26-noyabr, seshanba kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari takliflaridan kelib chiqib, "Bilayn-O‘zbekiston” xizmatga bir qator o‘zgartishlar kiritishga rozi bo‘lgani, jumladan, "yaqin vaqt ichida” xizmatni o‘chirish uchun USSD-kodni joriy etishi ma’lum bo‘lgandi.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 5328 | Рейтинг: 1| Рейтинг: ovozli pochta, beeline, USSD-kod
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное