Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Choli Qushi-soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Jumong-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Muxabbat va Extiros - soundtreck (Offical)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
Главная » Файлы » MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI

Beeline “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasini boshladi

Beeline aloqa operatori Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun "Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasini boshladi. Bugun, 25-apreldan boshlab kompaniyaning barcha 28 ofisida uyali so‘zlashuv punktlari ochildi, u yerdan frontoviklar va front orti mehnatkashlari dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishi mumkin, deb xabar berdi Beeline matbuot xizmati.

Beeline shaxsiy ofislarini oson identifikatsiya qilish uchun u yerlarda aksiyaning maxsus imidji joylashtiriladi. "Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi O‘zbekistonning 20 ta shahari — Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Guliston, Samarqand, Jizzax, Qarshi, Termiz, Buxoro, Navoiy, Nukus, Urganch, Denov, G‘ijduvon, Zarafshon, Shahrisabz, Angren va Marg‘ilonni qamrab oladi.

— Bu yil aksiya oltinchi marotaba respublikaning o‘nlab yirik shaharlarini qamrab olgan holda yanada keng miqyosda bo‘lib o‘tmoqda, — deydi kompaniyaning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov. – Faxriylarimizga boshqa mintaqa va shaharlardagi yaqinlarining va polkdoshlarining ovozlarini eshitish va ular bilan xotiralarni bo‘lishish kabi imkoniyat sovg‘a qilishga umid qilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, "Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi 25-apreldan 10-maygacha O‘zbekistonning 20 ta shahrida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI
Просмотров: 3034 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aksiya, beeline
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное