Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Bir yil avval 39 yoshli ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH aybdori hamon ushlangani yo‘q



2016 yilning 22 mart kuni Toshkent shahrining “Bodomzor” mahallasida ro‘y bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi anchagacha muhokamalar maydonining asosiy mavzusi bo‘lgan edi. Bu haqda bundan chamasi bir yil avval xabar bergan edik.
 
Unda YTHga sababchi bo‘lgan Captiva avtomobili haydovchisi mashinani yuqori tezlikda boshqarib, bir odamni urib yuborgani va mahalladagi Cobalt hamda Spark avtomobillariga ham ziyon yetkazgani haqida aytilgandi. YTH 22 mart kuni soat 7:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishlaricha, mashinadan ikki yigit va bir qiz tushib juftakni rostlashgan.
 
Mazkur YTHda 3 nafar farzandning onasi bo‘lgan 39 yoshli Nasiba Qosimova og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay ayol olamdan ko‘z yumdi.
 
Bir haydovchining qaltis harakati, uquvsizligi, deb bir oilaga darz ketdi. 3 farzand onasiz qoldi.
 
Xo‘sh, aybdor qo‘lga olindimi? U qonun oldida javob berdimi? Bu savollar mana bir yildirki, o‘z javobini topmay kelayotgan edi. Kuni kecha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Qalampir.uz” muxbiri ushbu savol bilan ichki ishlar organlari xodimlariga murojaat qildi.
 
Ahmadjon Po‘latov, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari:
 
— 2016 yilning 22 mart kuni “Bodomzor” mahallasida qayd etilgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha sirtdan ayblov e’lon qilinib, jinoyatchi qidiruvga berilgan va hozirda jinoyat ishi harakatdan to‘xtatilgan. Ayni damda ayblov e’lon qilingan shaxsni ushlash choralari ko‘rilmoqda.
 
Jinoyatchining yashash joyi va shaxsi to‘liq aniqlangan. Tergovchi tomonidan barcha tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyatchining yaqin qarindoshlari bilan muloqoti ham tekshirib borilmoqda. U xodimlarimiz tomonidan qo‘lga olingandan so‘ng, yana qo‘shimcha tergov harakatlari olib boriladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.
 
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlarining ma’lum qilishicha, mazkur YTH ishtirokchisi bo‘lgan Captiva avtomobili ijaraga olingan. Avtomobil egasiga nisbatan ham O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra chora ko‘rildi.
 
Jinoyatchi kim? 
 
Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nodir Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, avtomobilni boshqargan yigit, ya’ni hozirda qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi kasb-hunar kollejining 2-kurs o‘quvchisi bo‘lgan. Yigitning otasi bo‘lmagan, u yolg‘iz onasi bilan istiqomat qilgan. Uning xatti-harakatlari Mahalla fuqarolar yig‘inida ham ko‘rib chiqilgan. Tergov jarayonlarida YTH yuz bergan so‘ng, jinoyatchi uyiga ham kelmagani aniqlangan.
 
YTH yuz berganidan so‘ng, avtomobilning salonidan Toshkent bank kasb-hunar kollejining 2-kurs o‘quvchisi bo‘lgan qizning o‘quvchilik guvohnomasi topilgan. Ma’lum qilinishicha, qiz shu kuni avtomobil ichida bo‘lgan. Mazkur YTH yuzasidan qiz ham tergov qilinib, uning masalasi ham mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘rib chiqilgan. 
 


Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 3767 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: YTH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
virus16 qaydan topasila pularingdi olib bugansilada odamdi xayoti bilan ishi yoq
Like | 0
asalqiz96 Какой кошмар аа???
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное