Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Botir Qodirov o'zining yangi konsert dasturida O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini yodga oldi








1 - 6 noyabr kunlari Toshkentdagi "Istiqlol" san`at saroyida taniqli xonanda Botir Qodirovning konsert dasturi tomoshabinlar hukmiga havola etildi. Umuman olganda, konsert ko'tarinki ruhda o'tdi, g'oyalar talaygina. Sahna o'ziga xos tarzda, zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda bezatilgan. Odatda konsert tashkilotchilari dasturning oxirida e`lon qilinardi, Botir Qodirovning konsertida esa buning aksi bo'ldi, pardalar ochilmasdan avval sahnaga boshlovchi Kamola Ermatova chiqib, tashkilotchilar bilan tanishtirdi.



Bundan tashqari, konsertda qo'shiqchining shogirdlaridan biri Abror Azizov o'z qo'shiqlari bilan ishtirok etdi.  







Botir Qodirov dastur avvalida, asosan, repertuaridagi yangi qo'shiqlardan kuyladi. Xonandaning bu yilgi konsert dasturida Ogahiy, Lutfiy kabi o'zbek mumtoz adabiyoti vakillarining ijodiga murojaat qilgani tahsinga loyiq, albatta. Kontsertda mumtoz qo'shiqlar bilan birga zamonaviy  qo'shiqlar ham yangradi. So'z ustasi Zokir Ochildiyev Botir Qodirovning Xitoyda 25 mamlakat ishtirokida bo'lib o'tgan musiqiy tanlovda eng oliy o'rinni egallagani haqida e`lon qildi va katta ekranda ana shu safarga doir qisqa rolik taqdim etildi. 



Botir Qodirov dastur avvalida, asosan, repertuaridagi yangi qo'shiqlardan kuyladi. Xonandaning bu yilgi konsert dasturida Ogahiy, Lutfiy kabi o'zbek mumtoz adabiyoti vakillarining ijodiga murojaat qilgani tahsinga loyiq, albatta. Kontsertda mumtoz qo'shiqlar bilan birga zamonaviy  qo'shiqlar ham yangradi. So'z ustasi Zokir Ochildiyev Botir Qodirovning Xitoyda 25 mamlakat ishtirokida bo'lib o'tgan musiqiy tanlovda eng oliy o'rinni egallagani haqida e`lon qildi va katta ekranda ana shu safarga doir qisqa rolik taqdim etildi. 

Botir Qodirov Xitoyga safari va u yerda orttirgan do'stlari haqida so'z ochib, hindistonlik hamkasblariga alohida to'xtaldi. Ma`lum bo'lishicha, hind san`atkorlari Botir Qodirovga esdalik sifatida italiyalik dizaynerlar tomonidan yaratilgan shim sovg'a qilib, konsertda uni kiyishni  so'rashgan (U hatto buning uchun muxlislaridan uzr so'radi).  Xonanda esa, o'z o'rnida, ularning tilida qo'shiq aytib, videosini yo'llashni va`da berganini ma`lum qildi va mashhur hind qo'shiqlaridan biri "Janam-janam"ni qoyilmaqom tarzda ijro etdi. Undan so'ng yana ikki hind ohangi, lekin o'zbek tilidagi qo'shiqlari yangradi. Hind libosini kiygan raqqos va raqqosalar qo'shiqlarga monand sahnalashtirilgan raqslarni ijro etishdi. 


Kontsertda xonandaga "Navro'z" raqs dastasi hamrohlik qildi. Aksariyat konsert dasturlarida asosan ayol raqqosalar ishtirok etishadi. Botir Qodirovning konsert dasturida esa erkak raqqoslarimiz ham o'z mahoratlarini ko'rsatishdi va aytish mumkinki, bu g'oya o'zini oqladi. Ayniqsa, yangi sho'x qo'shiqlardan biriga o'zbek libosi va yevropacha kiyingan yigitlar chiqib bellashgan raqsi tomoshabinlar tomonidan o'zgacha  kutib olindi. 

Kontsertning eng katta yutuqlaridan biri - u tugagunga qadar hech kim o'rnidan siljimadi va pardalar yopilmaguncha tomoshabin zalni tark etmadi. So'nggi qo'shiq har bir muxlisning qalbidan joy oldi, desak adashmaymiz. Zero, Vatan haqidagi bu qo'shiq O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning so'zlari ostida boshlandi. Shu payt katta ekranda Islom Karimovning kulib turgan suratlari paydo bo'ldi va zaldagi 4000 tomoshabin o'rnidan turib, hurmat bajo keltirdi. Botir Qodirov bu qo'shiqni ko'zlarida yosh bilan ijro etdi va tomoshabin parda yopilugnicha qarsaklarini tindirmadi. Shu lahzalarda tomoshabinlar ko'zida ham yosh ko'rindi. Demak, xonanda va uning shu sahnada turishiga sababchi insonlar - prodyuser, rejissyor, shoirlar, bastakorlar, raqqosu raqqosalar harakati, mehnati zoye ketmadi.

 


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6654 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Botir Qodirov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное