Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bozorda go‘shtning narxi 29000 so‘mga tushdi. Lekin qani o‘sha go‘sht?


Ayni kunlarda go‘sht narxining keskin oshib ketishi xalq orasida ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar buni yem-xashakning qimmatlashishi bilan izohlasa, boshqalar qora mollarning kamayib ketganini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Biz esa mazkur masalaga oydinlik kiritish uchun bir necha bozor va savdo markazlariga yo‘l oldik.

Mazkur surat Toshkent shahridagi “Chorsu” bozorining go‘sht mahsulotlari sotiladigan rastalaridan biriga tegishli. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, bu yerga “terminal bor” va “mol go‘shti 29000, qo‘y go‘shti 30000” so‘mligi yozib qo‘yilgan. Biroq qani o‘sha arzon go‘shtning o‘zi? Boshqa rastalarni aylanib, belgilangan qiymatni solishtirib ko‘rdik. Afsuski, ayrim sotuvchilar garchi narxlarni arzonroq yozib qo‘ygan bo‘lsa-da, ya’ni 30000, 29000, biroq suyakli go‘shtning sotilishi 35000, suyaksizi esa 40000 so‘m. Ko‘rsatilgan summa xaridorni jalb etish yoxud mabodo narxlarni tekshirish uchun tegishli mutasaddilar kelib qolguday bo‘lsa, o‘zini oqlash uchungina yozib qo‘yilgani oydinlashdi. Nima uchun go‘shtning qiymati keskin ortib borayotgani xususida sotuvchilar fikri bilan ham qiziqdik. Ulardan biri oxirgi paytlarda poytaxtga so‘yish uchun mollarning kelmayotgani, shuning uchun go‘shtning keskin qimmatlashib borayotganini aytdi.

Shundan so‘ng “Farhod bozori”ga yo‘l oldik. U yerda ham ahvol “Chorsu” bozoridagi holat bilan deyarli bir xil. 34000 so‘m suyakli mol go‘shti, lahm go‘sht esa 40000. Sotuvchi yigitdan nima uchun go‘shtning qiymati bunchalik balandlab ketayotganini so‘raganimda u quyidagicha javob berdi: “Biz ham nima qilaylik, viloyatlardan mol deyarli kelmayapti. Mana hozir akam mol qidirib ketdi. Ertaga so‘yib sotish uchun mol topish ham amrimahol bo‘lib qoldi”. Molning nima uchun kelmayotganini so‘raganimizda esa “Go‘sht chetga eksport qilinyapti, shuning uchun o‘zimizga yetib kelmay, fermerlardan chetga chiqib ketyapti”, degan javobni berdi.

Vaziyatga yanada oydinlik kiritish maqsadida “Makro” va “Korzinka” supermarketlaridagi holat bilan ham qiziqib ko‘rdik. Quyida “Korzinka” savdo majmuasidan olingan surat. Undagi narxlarni o‘qigan kishi “qancha ko‘p go‘sht yesang, shuncha tez qariysan” degan gapga o‘zini o‘zi ishontirib yuborishi turgan gap (garchi u har kuni go‘sht yeb yurmagan bo‘lsa-da). Narxning nima uchun bu darajada qimmatligini so‘raganimizda “Korzinka” sotuvchisi quyidagi fikrlarni bildirdi: “Biz qiymatni o‘zimiz belgilamaymiz. Uni bizga go‘sht yetkazib berayotganlar belgilab beradi. Narxning bu darajada ko‘tarilishiga sabab esa go‘shtning o‘zi yo‘q, chet elga eksport qilinayotgani uchun qoramollarning kelishi kamayib ketdi”.

Ochig‘i, bunday vaziyatda bechora xalq dardini kimga aytishi kerak? Mazkur qimmatchilik uchun na sotuvchi, na qassob va qoramol yetishtirib beruvchini ayblay olasan kishi. Avvallari dexqon va chorvadorlar qora qozonni qaynatish uchungina mehnat qilishardi. Mahsuloti pishib yetilganidan so‘ng chetga chiquvchi yo‘llar yopilib, avvalo “xalq to‘ysin” qabilida ish ko‘rilardi. Biroq, bechora dehqon va chorvadorlar ba’zan ziyoniga, ba’zan esa “o‘lmagudek” foyda ko‘rardilar. Ayni vaqtda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining chetga eksport qilinishiga ruxsat berilishi ularning “kosasini oqartirdi” deyishimiz mumkin. Ammo endi xalqqa jabr bo‘lmayaptimi? Bunday vaziyatda eng maqbul yo‘lni tanlab, tegishli mutasaddilar “six ham, kabob ham kuymaydigan” tizim ishlab chiqishlariga umid qilib qolamiz.

Mehriniso Ikrom qizi



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3418 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Go'sht, bozor
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное