Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Gulchehra Jamilova: xususiy kinoning bozordan farqi qolmadi

O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida O‘zbekistonda bugungi kunda tushirilayotgan kinolar haqidagi keskin fikrlarini ochiq-oydin bildirdi.
“Qanchalik achchiq bo‘lsa-da dilimdagilarning barini to‘kib solmoqchiman, - deb gap boshladi san’atkor. – Bugungi kundagi kinoning ahvolidan qoniqasizmi, degan savolga shuncha yildan buyon hech kimni xafa qilmay, nafsoniyatiga tegmay degan maqsadda “qoniqmayman” deb qo‘yardim, xolos... Barcha filmlar yomon deyishdan yiroqman. Ayrim kinokartinalar sovrinlarga ega bo‘lyapti, lekin ularning bari davlat buyurtmasi asosida suratga olingan. Xususiy kinostudiyalar ishlaydigan filmlar esa bu ro‘yxatdan mustasno. Ular o‘ziga xon, o‘ziga bek bo‘lgani uchungina, qo‘pol qilib aytganda, “ko‘pirib” ketishyapti. Istasa pul tikkan prodyuseri yoki uning qarindosh-urug‘i bosh qahramon rolini ijro etadi, ssenariy yo‘l-yo‘lakay yoziladi, mas’uliyatni his qilishmaydi. Aslida esa ular ham tarozi pallasini bosadigan, me’yor chegaralariga ega kinokartinalar ishlashi shart!”.
Aktrisaning fikricha, yosh rejissyorlar Shuhrat Abbosov singari ustozlardan ish o‘rganib qolishmasa, kelajakda hech qanday natijaga erisha olmaydi. Gulchehra Jamilova yengil-elpi filmlarning “xontaxta” ekanligini yana bir bora eslatib o‘tdi.
“Qaynona-kelin, boy-kambag‘al kabi maishiy mavzudagi kinokartinalarning bari - “xontaxta”. Bunday munosabatlar har bir millatda bor. Lekin ular tinmay yuqoridagi kabi mavzularda filmlar ishlayotgani yo‘qku! Tomoshabin dastingizdan dod deyaptimi, demak, kinokartinaga qo‘l urishdan avval do‘ppini yerga qo‘yib fikr yuriting. Rejissyorlar nega tomoshabinni mensishmaydi? Axir ular bo‘lmasa, ijodkor hech kim emas!”.
“Qachongacha qaynona-kelin va biznesmen erkak qiyofasini ko‘ramiz? – savol berdi aktrisa. – Yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, nega shifokor, tadbirkor, olima bo‘lgan ayollarni ekranga olib chiqishmaydi? Shu savollarga javob topolmay qinalaman”.
Bundan tashqari, Gulchehra Jamilova ko‘p yoshlar san’atni bu yo‘nalishga qiziqqani uchun emas, balki “san’atkorda pul ko‘p” degan sabab bilan tanlayotganini ta’kidlab o‘tdi.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4769 | Рейтинг: 0| Рейтинг: farqi qolmadi, xususiy kino, bozor, Gulchehra Jamilova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное