Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Braziliyada qo‘g‘irchoqqa turmushga chiqqan ayol “eri” unga xiyonat qilganini aytdi
Braziliyada 37 yoshli Meyrivone Rosha Moraes 2021-yil dekabr oyida onasi tikib bergan Marselo ismli latta qo‘g‘irchoqqa turmushga chiqqandi. Ayol turmush qurganiga bir yil ham bo‘lmasdan “eri” unga xiyonat qilganini aytdi. Bu haqda Mirror xabar berdi.Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Marselo boshqa ayol bilan mehmonxonaga borgan. U “eri”ning telefonidan bu bo‘yicha xabarlar o‘qiganini aytdi.

“Qattiq xafa bo‘ldim va uxlay olmadim, chunki erimni juda yaxshi ko‘raman. Dugonam Marselo boshqa ayol bilan mehmonxonaga kirganini ko‘rganini aytgandi. Bu vaqtda men virusga chalingan o‘g‘limiz Marselino bilan uch kun kasalxonada edik. Erim xiyonatni rad etmoqda. Avvaliga u yolg‘on gapiryapti deb o‘yladim, uning telefonini ko‘zdan kechira boshladim va yozishmalardan menga xiyonat qilganini tushundim.

U hamma narsani inkor etishda davom etdi va sevishini aytdi. Ko‘p kechirim so‘radi va yig‘ladi. Shu payt o‘g‘lim ham qo‘rqib ketganidan yig‘ladi. Erimga nima qilib qo‘yganingni ko‘ryapsanmi?, dedim. Undan o‘sha ayol kimligini so‘radim va u javob bermadi”, — dedi ayol TikTok’da.

U bevafo “erini” haydab chiqarmoqchi ekanini aytdi, lekin ularning “o‘g‘li”( u ham matodan tikilgan qo‘g‘irchoq) “otasini” sog‘inib qolishini o‘ylaganini ta’kidladi.

“Muhabbatim uni kechirishga majbur qildi, erimsiz yashay olmayman deb o‘ylayman. U bilan gaplashishim kerak, shunda u endi xiyonat qilish yoki qilmasligini aytadi. Agar bu takrorlansa, men uni kechirmayman”, — deb ta’kidladi aldangan “xotin”.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1195 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Xiyonat, Braziliya, turmushga, chiqqan, qilganini, unga, eri, Qo‘g‘irchoq, Ayol, aytdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное