Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Merlin-Soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Kuz ertagi-soundtreck
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda ayol 7 yildan buyon eri tomonidan muntazam ravishda kaltaklab kelingani aytilmoqda
Toshkentning Yakkasaroy tumanida ayol 7 yil davomida eri tomonidan muntazam ravishda kaltaklab kelingani aytilmoqda. Bu haqda qizning onasi Facebook’da yozib qoldirgan.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, ularning voyaga yetmagan uch nafar farzandi bo‘lib, kaltaklanishlar bolalar ko‘z oldida yuz berib kelgan. Birgina 2,5 oy ichida kuyovi qizini to‘rt marta kaltaklab, qovurg‘alarini sindirgan. So‘nggi vaqtlarda kaltaklashlariga qo‘shib kamar bilan bo‘g‘ishni ham boshlagan.

“Eskpertning so‘zlariga ko‘ra, yana 20 sekund turganida u o‘lib qolishi mumkin edi. Yaxshiyam u qizimni kamar yordamida ikkinchi qavatdan tashlab yubormoqchi bo‘lganida u yirtilib ketgani. Bunisi hammasidan oshib tushdi”,  — deb yozadi ayol.

Shunday kunlarning birida burni, tishlari singan va miyasi chayqalgan qizini kechasi bilan yerto‘ladagi basseynda kafel ustida qoldirgan. Bundan kaltaklashlardan so‘ng ovoza bo‘lishidan qo‘rqib, kuyovning o‘zi ayolni shifoxonaga olib borgan va “o‘zim yiqilib tushdim”, deb aytishga majbur qilgan.

Ayolning aytishicha, uning farzandlari bir yarim, uch va besh yoshda bo‘lib, kasalxonada yotib davolanish imkoni bo‘lmagan. Bunga eri yo‘l qo‘ymagan ham.

Qizi bir marta tibbiy ekspertizaga borishga erishgan, ammo qovurg‘alari va tishlarining sinishi va miya chayqalishi yengil tan jarohati deb tasniflangan. Qovurg‘alari singani esa tegishli hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa-da, umuman qayd etilmagan. Bularning barchasiga kuyovi osonlikcha erishgan.

Ona qizining kaltaklanganlari asoratlari aks etgan suratni ham havola qilgan bo‘lib, uning aytishicha, ekspert ushbu suratlarga qarab uning og‘irligi darajasini aniqlash tugul uni tan jarohati deb tasniflay olmasligi haqida qaror chiqargan.

Bundan tashqari, qizi va o‘zida himoya orderi borligiga qaramay, kuyovi uning talablarini buzayotgani haqida bir necha marotaba murojaat qilganiga qaramasdan Yakkasaroy tuman IIB Profilaktika bo‘limi xodimlari tomonidan hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmayotganini bildirgan.

“Tushunmayapman, ichki ishlar organlarimiz nimani kutishyapti? Quyi Chirchiqdagi voqea qaytarilishinimi? O‘shanda ham sho‘rlik ayolni zolim eridan himoya qilishmagan va o‘sha kechasi u pichoqlangandi”, — deb yozadi u.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1159 | Рейтинг: 0| Рейтинг: eri, kaltaklab, tomonidan, ravishda, Toshkent, aytilmoqda, buyon, Ayol, kelingani, yildan, muntazam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное