Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Byudjetdagi talabalar bilan stipendiyalar qayta hisob-kitob qilinadi


Avval xabar berganimizdek, “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

“Huquqiy axborot” kanalida mazmuni keltirilgan qarorga muvofiq, 2020-yil 1-fevraldan:

Davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontarkt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar qat’iy belgilangan stipendiya bilan ta’minlanadi (2019/2020-o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno);

Semestr yakuni bo‘yicha fanlardan faqat a’loga o‘zlashtirgan (86 ball va undan yuqori) talabalarning stipendiyalari bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshiriladi;

Semestr yakuni bo‘yicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli bo‘lgan (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi (2019/2020-o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno).
Fanlarni “qoniqarli” o‘zlashtirgan davlat granti asosida tahsil oladigan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi.

O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 59-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 1 fevralidan boshlab, o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi “qoniqarli” o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan (reyting ko‘rsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarga navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno.


Hukumatning yangi qaroriga muvofiq, 2020 yil 1 fevralidan boshlab, talabalarga yangi tartib asosida stipendiya taynilanadi. Unga ko‘ra:



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1850 | Рейтинг: 0| Рейтинг: stipendiya, talabalar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное