Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Chilonzorda "tanasini sotuvchi"lar faoliyatiga chek qo‘yildi


Toshkent shahar IIBBning ma’lumotiga ko‘ra, Chilonzor tumani 18-daha 16-uyda yashovchi fuqarolar uylari oldidagi yo‘lda har kuni kechasi fohishalar to‘planib, shovqin-suron qilayotganidan shikoyat qilgan va yordam berishni so‘ragan.

29 noyabr kunidan boshlab IIBB xodimlari ko‘rsatilgan hududda kunu tun patrul xizmatini joriy qilgan. Tungi osoyishtalikni buzuvchilar ko‘p hollarda avtomobilda bo‘lishini hisobga olib patrul naryadiga YHXB xodimlari ham biriktirilgan. Natijada ikki nafar qiz ushlangan. Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 190-moddasiga muvofiq, fohishalik bilan shug‘ullangani uchun eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solingan.

Ta’kidlanishicha, qizlar yashiringan avtomobillar haydovchilarida kerakli hujjatlar – sug‘urta polisi, avtomobil egasining ishonchnomasi bo‘lmagan. Qator qoidabuzarliklarning aniqlangani ularga qo‘shimcha jazo belgilashga sabab bo‘ladi.

IIBB xodimlari ko‘pgina mashinalar YHXB xodimi talabiga bo‘ysunmasdan to‘xtamay o‘tib ketayotganini ta’kidlagan.

"Bo‘ysunmas mashinalar davlat raqamlari qayd etib olinyapti. Avtomobillarning to‘xtash joyiga ko‘ra, fohishaxona aniqlangan va Jinoyat kodeksining 131-moddasi – qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan", - deyilgan xabarda.

Mazkur moddaga ko‘ra, jinoyatchi eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 65 nafar qiz hisobga qo‘yildi, yana 826 qizga Ma’muriy kodeksning 190-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7088 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Fohisha, Chilonzor, Tungi kapalak
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное