Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Chiptalar qolmadi! Ulug’bek uzr so’raydi

Ulug’bek Rahmatullaev 16-17-18 oktyabr kunlari «Istiqlol» san’at saroyida o’z yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi haqida xabaringiz bor. Har kuni tinimsiz konsertga tayyorgarliklar bilan ovora bo’lgan Ulug’bek Rahmatullaevni boshi qotgan. 3 kunlik konsert dasturiga chiptalar birorta ham qolmagan!!!
Konsert dasturi boshlanishiga hali bir necha kun bor bo’lishiga qaramay Ulug’bek Rahmatullaevning yakkaxon konsert dasturi uchun sotuvga chiqarilgan chiptalar «Istiqlol» san’at saroyi kassalarida qolmaganligini ma’lum qilishmoqda. Ayniqsa, so’nggi 5-6 kun ichida kassa muxlislar bilan to’lib toshgan va chiptalar harid qilingan. Biz Ulug’bek bilan suhbat qurganimizda u shunday dedi: «Qani edi yana 1 kun ko’proq konsert taqdim etib barcha muxlislarni xushnud eta olganimda. Biroq, yana bir kunlik konsert dasturini taqdim etish uchun kerakli shaklda xujjatlar tayyorlanishi va unga qo’shimcha kuch sarf qilib, tayyorgarliklarni amalga oshirishimiz darkor. Ijodiy ishlargaku ulgurarmiz, biroq xujjatlarni tayyorlash borasida qiyinchiliklarga duch kelishimiz aniq. Men o’z muxlislarimdan uzr so’rayman! Kelgusi yil konsert dasturimiz kunlari sonini balki yana oshirarmiz. Barcha muxlislarimni sevaman!»
Xullas, mana shunday gaplar! Biz Ulug’bekka yaqinlashib kelayotgan konsert dasturi oldidan omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz. Ulug’bek, konsert dasturingiz a’lo darajad o’tadi, bunga ishonamiz!!!


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4825 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Ulug’bek Rahmatullaev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Mikki Omad ulugbek yaxwi utsin konseriz.
Like | 0
Damir_95_ Ulug'bekga omad konserti ajoyip va qiziqarli bolip o'tadi bunga ishonamiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное