Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Dunyoning internet mavjud bo‘lmagan joylari



Bugungi kunda internet butun dunyoni to‘liq qamrab olgandek tuyuladi. Ammo internet foydalanuvchilari soni sayyora aholisi sonining yarmidan kamrog‘ini tashkil etadi. Va dunyoda internet umuman mavjud bo‘lmagan joylar ham bor. Sayyoradagi bunday joylar haqida Travel Ask hikoya qildi.

Shimoliy Koreya


Shimoliy Koreyada biz uchun odatiy bo‘lgan internet yo‘q. Ularning Kvanmyon deb ataluvchi o‘z ichki tarmog‘i bor, u Butunjahon internetidan ajratib qo‘yilgan va asosan davlat mafkurasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan. Undan faqat imtiyozli kishilargina foydalanishi mumkin, bular mamlakat rahbariyati, shuningdek, xorijiy firmalar va elchixonalar. Oddiy fuqarolarning unga ulanish imkoniyati juda cheklangan: oddiy odamlar uchun forumlar bor, ammo portallarni to‘ldirish davlat tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.

Myanma


Harbiy rejim va doimiy urushlardan qiynalib ketgan Myanma aholisi ham internetdan foydalanish imkoniyatiga ega emas, aniqrog‘i, aholining 1 foizdan kamrog‘ida bunday imkoniyat bor. Xalq qo‘zg‘olonlari chog‘ida internetni to‘liq uzib qo‘yishadi, internet bilan bog‘liq harakatlarning ko‘pchiligi uchun esa qamalish mumkin.

Sharqiy Timor


Sharqiy Timor — Yevroittifoq mamlakatlari bilan vizasiz rejimni yo‘lga qo‘ygan yosh orol davlat. Ammo bu yerda aholining 0,2 foizigina internetdan foydalanadi.

Afrika mamlakatlari


Afrikaning ko‘plab mamlakatlarida internet foydalanuvchilari soni zo‘rg‘a 1 foizdan oshadi. Albatta, bu umumiy qashshoqlik, past ta’lim darajasi va juda zaif kompyuterlashtirish bilan bog‘liq. Bunday mamlakatlarga Kongo, Efiopiya, Liberiya, Niger, Gvineya kiradi.

Va internetdan uzoq bo‘lgan boshqa mamlakatlar

Bundan tashqari, Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston, Laos, Kamboja, Madagaskar, Somali aholisining 80 foizdan ortig‘i internetdan foydalanish imkoniyatiga ega emas.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4038 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Internet
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
NuR_KR B)
Like | 0
zumrad991 Juda zo'rku, tinch joylada maza qib damolisharkande internetsiz...
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное