Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Endi O‘zbek kinosi boshqacha bo‘ladi!

O‘zbek kinosida o‘zgarish bo‘lishini uzoq kutdik. So‘nggi yillarda yaratilayotgan yengil-elpi, “xontaxta” filmlardan omma bezishga ham ulgurdi.
Hind kinosi ustidan goho kulib , goho tanqid qilib yurganimizda, o‘z kinomiz skleti ham “Jimi, Jimi, aja-aja”ga o‘xshab qolayozdi. 
Kinoteatrlar ekranlarini to‘ldirib turgan filmlar nomini eslab qolish tugul, namoyishdan so‘ng bir oy o‘tmas, filmlar nima haqida ekanligini ham unutib qo‘yyapmiz. El tilida aytganda, aksariyat ijodkorlar qo‘l uchida film suratga olaverib, kinoindustriyani maynavozchilikka aylantirishdi.
Xullas, o‘zbek kinosi filmlar yaratish bobida son jihatdan ancha ildamladi, biroq, tomoshabin tafakkuri uchun berilishi lozim bo‘lgan ma’naviy ulushga kelsak, uzoq sukunat. Juda uzoq jimjitlik!
Rejissyorlar film yaratishda nimalarni bosh maqsad qilishini o‘ylab hayronsan? Avvalo, prodyuserlar sarflagan pulini foyda bilan chiqarib berish, mashhur aktyorlar tarkibi, dialoglarda ko‘cha jargonlarini qo‘llash va tuturuqsiz gap-so‘zlar... “Yaratayotgan filmim tomoshabinlarga nimalar bera oladi?” degan savolga javob izlash esa rejissyor miyasidagi “korzinka”ga tashlab qo‘yilganday...
Endi esa boshqacha bo‘ladi. Bu qat’iy fikrga esa “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan yaratilgan yangi kartina umid uyg‘otdi. O‘zbek kinosida yangi davr boshlanadi. Bu fikrga ham shu umid sabab!
“Sotqin”. Kinoda qachon o‘zgarish bo‘lishini uzoq kutgan ommaga kinotuhfa!
Ta’bir joiz bo‘lsa, “Sotqin” filmdan ortiqroq!
“Sotqin”da o‘zining ochilmagan qirralarini ko‘rsatib, bor mahoratini ishga solgan aktyor va aktrisalar: Ulug‘bek Qodirov, Farrux Soipov, Ubaydullo Omon, Javohir Zokirov, Matyoqub Matchanov kabilar yaratgan rollar ular faoliyatidagi “brilliant” rollar sifatida e’tirof etilishiga shubha yo‘q! Filmda hayotdagiday, real yashash mumkinligini ular isbotlashdi!
“Sotqin” – bu tomoshabinni o‘z taqdiri, Vatan oldidagi  burchi, sadoqati, chin muhabbatiga qanchalar munosib va mas’ul bo‘layotgani haqida bir bor o‘ylab ko‘rishga undovchi kuchli kinoasardir!
Vatan bu - taqdir! Taqdir esa Inson zotiga ato etiladi. Chunki, har inson hayoti bitta shu taqdirda, bir Vatanda – o‘zing va qoshi ko‘zi o‘zingga o‘xshaganlar bilan birga kechadi. Ko‘z yoshingni artguvchi, shodligingda sendan-da ko‘ra ko‘proq xursand bo‘lguvchi ham shu – tuproq! Onaday mehribon, Otadek suyanch – shu tuproq!  Vatan – beshikda yotganingda qulog‘ingga xush yoqqan onang allasi, bolalikda iz qoldirgan ilk qadamlaring, tandirdan endi uzilgan non hidi, ota-bobolarimiz tinch yotgan qabr...  Yurt tinchligi bu ota-onamiz duosi, farzandlarimiz shirin tabassumi, tiniq osmon ekan, uni asray olmasak, shu yurt farzandiman deya yurak urgani, ko‘krak kerganimiz uvol emasmi?    
Yangi film shu qadar mukammal voqealar rivojida kechadiki,  uning har bir daqiqasi o‘z mohiyatiga ega! Har bir daqiqasi!
Axir, bu Rustam Sa’diev! Xalq mehrini chinakam qozona olgan, o‘zbek kinosining ustunlari bo‘lgan haqiqiy fidoyi ustoz kinorejissyorlar – Komil Yormatov, Nabi G‘aniev, Yo‘ldosh Ag‘zamov, Latif Fayziev va zamondoshimiz, “tirik afsona” Shuhrat Abbosov yo‘lidan sodiq ketayotgan rejissyorgina bunday ishonchli film yaratishni uddalashi mumkin.
“Sotqin” - Sa’dievning ijodida yangi motivatsiya, boshqa hamkasblari uchun yangi ilhom manbai, o‘zbek kinosida esa keskin burilish!
Shu o‘rinda yuqoridagi fikrimizni takror aytishni lozim topdik. Ha, endi kino boshqacha bo‘ladi!
Mart. Shov-shuvli premeraga hozir turing!
 Jasur HAMROYEV


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 8908 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O'zbek kino, kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
sayidxoja Juda yaxwi omad silaga rostanam betayin kinola k6payib ketti balki bu kino yaxwi ciqar! < man wu narsaga iwonaman>
Like | 0
1855533 juda zur filmga uxwaydi kutamiz:-)
Like | 0
aysberg biron nima uzgarishiga kuzim etmaydi. Ahir bu uzbek kinosi.
Like | 0
LioN_KinG KUTAMIZ!
Like | 0
Zolushki123 Juda zor bolibdida bu kinolar yoshlarni tarbiyalaydi endi sifatli va yahshi filmlardan kutib qolamiz rijisorlarga omat yor bolsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное