Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Energetik ichimliklar tishlar uchun zararlimi?

Buyuk Britaniyalik Vinni Payner ism-familiyali talaba energetik ichimliklar shaydosi. Shunchalikki, haftasiga 45 bankasini ko‘rdim demaydi — bu kuniga uch litrdan degani.

Ammo hamma narsada chegara bor, yarim yil davomida mazza qilib yurgan Vinni buning azobini, oqibatini bir kunda tushunib yetdi. Bir kuni olma yemoqchi bo‘lgandi, bir yo‘la to‘rtta tishi to‘kilib tushdi. Oyog‘ini qo‘liga olib tish do‘xtiriga yugurdi. Mutaxassis «energetik parhez» davrida to‘kilgan tishlardan tashqari, qolganlariga ham jiddiy zarar yetganini aniqladi. Dantistning fikricha, hamma balo energetik ichimliklar tarkibida juda mo‘l bo‘lgan shakarda.

Talabaning aksariyat tishlari chirib bitgan, endi unga 24 ta plomba va protez kerak. Bu taxminan 2 ming funtga tushadi. Pulni-ku amallab topar, ammo sog‘lom tishlarini-chi?!.



Manba:xabar.uz
Категория: SOG'LIK
Просмотров: 4127 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Uchun, Energetik, tishlar, zararlimi, ichimliklar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное