Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Er xotinini “ushlab olibdi”. Nima qilishga hayron...


Savol: Assalomu alaykum. Ayol telefonda begona erkak bilan gaplashayotganda eri uni ushlab olibdi, xotini telefonni sidirib tashlabdi, endi qay ma’noda gaplashgani Xudoga ayon. Bu oilaning 2 nafar farzandi bor. Erning boshi qotgan, javobini bervorey desa, farzandlaridan ko‘zi qiymayapti. Shu yigitga nima maslahat bergan bo‘lardingiz?

Javob: Vaalaykum assalom. Bu keng tarqayotgan illat. Kishilarda ichki diniy nazorat va diyonat susaygani bunday yomon ishlarga sabab bo‘lmoqda.

Shariatda bu holda jazo belgilanmagan. Agar zino ustida xotin yo er jufti tomonidan ushlansa, bunda "lion" hukmlari joriy qilinadi. Agar to‘rtta guvoh o‘z shartlari bilan zinoga guvohlik bersa, unda "rajm" hukmlari ijro qilinadi. Bularning tafsiloti fiqhiy kitoblarda mavjud.

Savolda zikr qilingan holatda er o‘zi qaror qilishi kerak. Imkon bo‘lsa yomon gumondan o‘zini yiroq tutsin. Ayoliga nasihat qilsin va tanbih bersin. Uyida diniy ta’lim va ruhiy tarbiyani yo‘lga qo‘ysin.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad



Manba:azon.uz

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 8420 | Рейтинг: 0| Рейтинг: er, NIMA, ushlab olibdi, xotin, qilishga hayron
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное