Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Pazanda - Sad Love
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Ayol Qalbi - You can't say
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Zerda - Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Erkaklar qalbini zabt etishning 10 usuli

Raqobat kuchli bo‘lgan shunday dolg‘ali zamonda qanday qilib erkaklar e’tiborini jalb etish mumkin? Ularga qanday ayollar yoqadi? Bu savol ijtimoiy kelib chiqishidan, yoshidan qat’i nazar, har bir ayolni o‘ylantiradi. Ba’zida hayotda omadi chopgan, go‘zal, hech narsadan kamchiligi bo‘lmagan biznes-ledilarning yolg‘izligiga ko‘zimiz tushadi. Ularning baxsizligiga kim sababchi? Bu savollarga javobni erkaklardan so‘rash lozim. Ular qanday ayollarni yoqtirishlarini va bir umr birga yashashlarini bilishni istasangiz, quyidagilar bilan tanishing.
“Qor malikasi”
Qanday qilib erkak kishining qalbini zabt etish mumkin … Bu savol emas, balki butun boshli bir san’atdir. Erkak kishining diqqatini jalb etish uchun go‘zal bo‘lish shart emas, bu bilan go‘zal ayol yolg‘izlikka mahkum degan fikrdan yiroqmiz. Ularning  kalandimog‘ligi va kekkayishi eng katta xatolaridan biridir. Ochiq tabassumli, samimiy ayollarning ulardan ko‘ra imkoniyati kattaroq. Yoqimli tabassum erkaklarni o‘ziga jalb etsa, go‘zal “qor malikasi”dan taralayotgan sovuqlik ularni ehtiyotkor bo‘lishga chorlaydi.
Tabiiylik
Erkak kishining ko‘nglini zabt etishni istasangiz, u bilan muloqat jarayonida samimiy munosabatda bo‘lishga harakat qiling. Insoniyatning kuchli jins vakillari bilan suhbatlashganda bor ovozingizda qah-qah urib kulmang, bekorchi gaplarni gapirmang, ammo og‘zingizga talqon ham solib olmang. Ular judayam ko‘p gapiradigan va umuman kamgap ayollarni yoqtirishmaydi. Kuchli ayollarda mehribonlik, nafosat yetishmaydi. Ammo mehribonlikni soddalik bilan adashtirmang. Aqlingizni, fahm-farosatingizni suhbatdoshingizdan yashirmaslikka, suhbat jarayonida o‘zingizni undan katta tutmaslikka harakat qiling.
Nima haqda gapirish kerak?
Suhbatimiz mavzusi erkak qalbini zabt etish usullari haqida ketar ekan, sizga bir usulni aytib o‘tmaslikning iloji yo‘q. Erkak kishi bilan suhbat qurayotganda, u gapirayotgan mavzu sizga qiziq tuyulmasa-da, diqqat bilan uni tinglashga, qo‘llab-quvvatlashga harakat qiling. Uning gaplarini qiziqish bilan eshitayotganingizni tasdiqlash uchun sirli jilmayib qo‘ying, mavzu qiziqligini isbotlash uchun savollar bering. Uni tinglab bo‘lgach, mavzuni qiziqroq mavzuga almashtirishingiz mumkin. Suhbat jarayonida keyingi uchrashuvga shama qilishingiz mumkin. Masalan, tungi shaharni tomosha qilib, piyoda aylanishni yoqtirishingizni suhbat asnosida qistirib o‘ting.
Nima haqda gapirmaslik kerak?
Erkakda yoqimli taassurot qoldirish uchun mavzu va so‘z tanlayotganda ehtiyot bo‘lish lozim. Hech qachon unga siyqasi chiqqan, masalan, ko‘ylagining chiroyli ekanligi haqidagi maqtov gaplarni, munosabatlaringiz haqida ham bo‘lar-bo‘lmas so‘zlarni tilga olmang. Agar o‘zingizni shunday tutadigan bo‘lsangiz, u qarshisida jiddiy munosabatlarga tayyor bo‘lmagan, tannoz turganiga ishonch hosil qiladi. Erkakni hech qachon biror mashhur kino qahramon yoki aktyor bilan taqqoslamang. Hayratlanganda ham uning tashqi qiyofasidan emas, qobiliyati, iste’dodi, harakatlaridan hayratlaning. Erkaklar aqllilik qilgan ayoldan ko‘ra, ularni maqtagan ayolni aqlli deb hisoblashadi. 
Nima uchun tashqi qiyofaga e’tibor berish lozim
Ko‘pchilik yoshlar ichidagidan ko‘ra mahsulotning ustki o‘rami katta ahamiyatga ega deb o‘ylashadi. Ammo o‘ziga juft tanlayotganda bu qoidaga amal qilmaslik kerak. Ba’zida qiz bolaning tashqi kiyimiga qarab, yigitlar uning ichki dunyosini bilib olishadi. Yigit go‘zal qizni sevib qolishi shart emas, ammo uning tashqi qiyofasi tanishish uchun bahona bo‘lishi va birinchi planga uning tashqi qiyofasi emas, fe’l-atvori chiqib qolishi mumkin. Qiz model bo‘lmasa ham, orasta, o‘ziga e’tiborli bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.
Birinchi uchrashuvdagi xatolar
Agar ilk uchrashuvingiz so‘nggi uchrashuvga aylanmasligini istasangiz, quyidagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling. Uchrashuv uchun tanlagan kiyimingiz judayam bashang va ochiq-sochiq bo‘lmasin. Eng avvalo qo‘llaringiz, tirnog‘ingizga e’tiborli bo‘ling. Sepgan atiringizning hidi ham juda o‘tkir bo‘lmasin. Hayajonlanib, o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang. Birgina sirli tabassum hayajonni yo‘qotishga xizmat qilishi mumkin. Uchrashuv oldidan miyangizdan barcha salbiy o‘y-fikrlarni, yomon xayollarni haydang. Yoqimli ovozda, labingizdan tabassum arimagan holda suhbatga kirishing.
O‘zingizga ishoning
Erkak kishiga yoqish uchun unga o‘zingizning ham, uning ham kamchiliklarini dasturxon qilmang. Aksincha, o‘zingizdagi noyob fazilatlar haqida gapirishga harakat qiling, chunki erkaklar o‘ziga ishongan ayollarni juda hurmat qilishadi. O‘zingizga bo‘lgan ishonchni amaliy mashg‘ulotlar mustahkamlaydi. Chiroyli kiyingan, o‘zingizga oro bergan holda ko‘zgu qarshisiga kelib, barcha ijobiy fazilatlaringizni qayta-qayta takrorlang. Masalan, ko‘zlaringizning chiroyliligi, qanchalik iste’dodli ekanligingiz haqida gapiring. Har kuni shu so‘zlarni takrorlashdan charchamasangiz, albatta u ijobat bo‘ladi. Chunki xayollar moddiylashish xususiyatiga ega. O‘zingizni shunday tutingki, yigit sizni yo‘qotishdan qo‘rqib yashasin.
Rashk
Rashk har bir insonga xos tuyg‘u. Faqat hammasi me’yorida bo‘lgani ma’qul. Agar yigitingiz o‘ta rashkchi bo‘lsa, u bilan biror tadbirga borganda ehtiyot bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik rashk qildimi, sevadi deb o‘ylaydi, aslida rashk insoning o‘ziga bo‘lgan ishonchsizligidan kelib chiqadi. Erkak kishining rashki ko‘p hollarda ajrashishga olib keladi. Agar u badavlat inson bo‘lmasa, uni baxt pulda emasligiga ishontiring.
Biroz sirli bo‘ling
Ba’zan haddan ortiq mehribonlik va jonkuyarlik ham erkak kishining me’dasiga tegishi mumkin. Agar uni xafa qilib qo‘ysangiz, kechirim so‘rashdan uyalmang. Uning buyruqlariga so‘zsiz bo‘ysunsangiz-da, ba’zan o‘z fikringizni bildirishdan qo‘rqmang. Erkak kishi sizni to‘liq bilib olmasligiga, sirli tomonlaringiz bo‘lishiga intiling. U har doim sizni kashf qilishga intilib yashasin. Orangizda qanday nizo, janjal chiqmasin, har qanday sharoitda ham U g‘alaba qozonishi lozim.
Yoqimli chehra
Yoningizda erkak kishi o‘tirganda hech qachon g‘amga botmang, bo‘lmasa u “men bilan bo‘lgani uchun o‘zini baxtsiz his qilyapti” deb o‘ylashi mumkin. Har qanday sharoitda ham xushchaqchaq bo‘lishga harakat qiling. Labidan tabassum arimaydigan ayol yonida har qanday erkak o‘zini baxtli his qiladi. Ammo yelkangdan ro‘zg‘or va boshqa tashvishlar bosib turganda bunga qanday erishish mumkin deb savol berishingiz mumkin. Birinchi galda xursand bo‘lishingizga nima xalaqit qilayotganini aniqlab oling. Agar bunga tashqi qiyofangiz sabab bo‘layotgan bo‘lsa, tashqi qiyofangizga e’tiborli bo‘ling, mabodo gap ishingizga taalluqli bo‘lsa, kareraningiz haqida o‘ylab ko‘ring. Hech qachon oldingizga erishib bo‘lmaydigan maqsadlarni qo‘ymang. Hamma narsaning yaxshi tomonlarini ko‘rishga intiling. Axir bejizga “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, illat izlaganga illatdir dunyo”, deyilmagan.
Manba: www.raut.ru


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 9231 | Рейтинг: 0| Рейтинг: erkaklar, 10 usuli, qalbini zabt etish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное