Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Erkaklar Puli ko‘paysa “Yurishi” isbotlandi

Pekin pedagogika universiteti psixologlarining aniqlashicha, erkak va ayol o‘rtasidagi romantik munosabatlarga nafaqat his-tuyg‘ular, balki pul, boylik ham ta’sir ko‘rsatar ekan, deb yozadi “Lenta.ru”.
Xitoylik psixologlar aynan mana shu mavzuda tadqiqot o‘tkazishdi. Bundan ko‘zlangan maqsad esa erkak va ayol o‘rtasidagi munosabatlarda pul qanday rol o‘ynashini aniqlash edi. Tadqiqotda oilali bir necha yosh yigit-qizlar ishtirok etdi.  
Birinchi tajribada 182 nafar xayrixohlar qatnashdi. Tajriba ishtirokchilariga tangalar tarqatildi va ular ikki: boy va kambag‘allar guruhiga ajratildi.
Puli “ko‘payib” qolgan tajriba ishtirokchilaridan o‘z xotinlaridan ko‘ngli to‘lishi yoki to‘lmasligi so‘raldi. Ularning aksariyati ayni paytdagi ishqiy mungosabatlaridan ko‘ngli to‘lmasligini bildirgan. Kamroq pul berilgan tajriba ishtirokchilarida esa bunday hol nisbatan kamroq kuzatilgan. Shuningdek, tajribada ishtirok etayotgan va badavlat guruhga kiritilgan ayollarda qarama-qarshi jins vakillariga nisbatan fikr unchalik o‘zgarmagan. Ular erkak kishiga qo‘yiladigan talablarini puli ko‘paygach ham o‘zgartirmagan.
Ikkinchi tajribada esa 56 nafar kishi qatnashgan. Xayrixohlardan o‘zlarini badavlat yoki o‘rtahol sifatida tasavvur qilish so‘ralgan. Shundan so‘ng ularga qarama-qarshi jins vakillarining suratlari ko‘rsatilgan. Ishtirokchilardan suratdagi chiroyli qiz yoki yigit bilan uchrasha olish yoki olmasligi so‘ralgan. Bundan tashqari, tajriba ishtirokchisi yolg‘iz o‘zi bir necha kursilar turgan xonaga kiritilgan va kursilardan istalganiga o‘tirish taklif etildi. Ishtirokchilardan suratdagi qarama-qarshi jins vakili faysi kursida o‘tirishni ko‘rsatish ham talab etildi.    
Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘zlarini badavlat his etuvchi insonlar qarama-qarshi jins vakillari bilan tezda munosabatda kirishar ekan. O‘zlarini birmuncha o‘rtahol hisoblaydiganlarda esa bunday hol kamroq kuzatildi. Tajribada qatnashgan erkaklarning aksariyati chiroyli ayolning yoniga o‘tirish istagini bildirgan. 
Olimlarning aytishicha, tajribani yuz foiz haqiqat deb qabul qilish noo‘rin. Hayotda istisnoli holatlar ham uchrab turadi. Ko‘pincha badavlat erkaklar o‘z xotinlari bilan bir umr birga yashashlari ham mumkin. Aksariyat g‘arb davlatlarida badavlat erkaklarning xotini bilan ajrashishi ularning moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, mazkur kichik tajriba ayollar o‘rtasida ko‘p yillardan beri mashhur bo‘lib ketgan “Erkaklar puli ko‘paysa, yuradi” degan iborani asosladi, deyiladi xabarda.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5584 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Pul, erkaklar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:58
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное