Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Pazanda - Sad Love
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Facebook va YouTube bilan bog‘liq muammolarning ehtimoliy sabablari ma’lum qilindi


O‘zbekistonda Facebook va “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlariga kirish, YouTube videoxostingidan foydalanish bilan bog‘liq muammolar tashqi internet-kanal sig‘imini kengaytirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov 18-oktabr kuni O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida “Gazeta.uz” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Turon24.

“Biz internet tezligini oshirish bo‘yicha loyiha amalga oshirilishini yakuniga yetkazyapmiz”, — dedi Olimjon Umarov.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil boshida mamlakatda internet tezligini bir necha bor oshirish haqida ko‘rsatma bergan edi. AKT sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan 19-sentabrdagi yig‘ilishda davlat rahbari ushbu topshirig‘ini yana bir bor eslatib o‘tdi.

AKT vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarovning so‘zlariga ko‘ra, internet tezligini oshirish yo‘lida qilingan ishlar “samarasini fuqarolarimiz noyabr oyi oxirida ochiq-oydin his qilishadi”. “Ayni vaqtda zarur apgreyd uchun bir qator uskunalar sotib olinmoqda. Texnik uzilishlar mazkur uskunalarni sinovdan o‘tkazilishi, aprobatsiyasi, ularni sozlash ishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, — dedi Olimjon Umarov.

O‘zbekistonda sentabr va oktabr oylarida Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirish, undan foydalanish bo‘yicha tez-tez muammolar yuzaga keldi. Oktabr oyi boshidan boshlab esa YouTube videoxostingidan foydalanishda ham o‘xshash muammolar yuzaga kela boshladi. Facebook bilan bog‘liq holat yuzasidan vakolatli organlar o‘z vaqtida bizning aloqamiz yo‘q degan mazmunda izohlar berilgan bo‘lsa-da, YouTube bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha shu vaqtgacha biror rasmiy tushuntirish berilmagan edi.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2797 | Рейтинг: 0| Рейтинг: youtube, facebook
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное