Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Tanho malagim - Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Zerda - Soundtreck
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Kuz ertagi-soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Farrux Soipov: Men kinoni emas, kino meni tanladi!

Qamariddin Shayxov, muxbir:

— Har bir inson o‘z taqdiri bilan tug‘iladi deymiz-u, ammo kezi kelganida uni o‘zgartirish o‘zimizning qo‘limizda deya avvalgi fikrimizni inkor etamiz. Nega shunday? Chunki aql va yurak hamisha ham bir-biri bilan «kelisholmaydi», kurashadi, bahslashadi. Bu kurashning hosilasi esa niyatlarimiz, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz bilan har doim ham mos kelavermaydi. Suhbatdoshim Farrux Soipov kino olamiga kirib kelganiga 10 yil bo‘ldi. Mana shu davr ichida bosib o‘tgan yo‘li o‘sha azaliy  haqiqat -  aql va yurak kurashining hosilasidir. Aktyor esa o‘zini yurak amrini chetga surib, tafakkuriga tayanib ish tutadiganlar sirasiga qo‘shadi.

— Bugungi suhbatga sizni ko‘ndirish juda qiyin bo‘ldi. Aslida kimning gapiga so‘zsiz itoat qilasiz?

— Otamni...

— Xuddi “Sotqin” filmidagidekmi?

— Yo‘q, “Sotqin”dagi holat hayotimga umuman o‘xshamaydi, o‘xshamasin ham! Qahramonim film davomida ikki o‘t orasida yonadi. Bir tarafda ota-onasi, yaqinlari tursa, ikkinchi tomonda Vatani... U vaziyat bunday jiddiy tus olishini kutmagan edi. Otasining fikriga, yovuz maqsadlariga qo‘shilmaydi. Lekin uni sotmaydi ham. Har holda hech qaysi farzand ota-onasini sotmaydi-ku.

— Qahramoningiz o‘z dunyoqarashi, maqsadlariga nisbatan xoinlik qildimi?

— Ko‘pchilikdan film bosh qahramoni zamonaviy yigit, ustiga-ustak jurnalist bo‘lsa, jahonda kechayotgan voqeliklardan xabardor bo‘la turib, qanday qilib bu yo‘lga kirib qolishi mumkin degan e’tirozlarni eshitdim. Diniy ekstremistik guruhlarga qo‘shilib qolganlar orasida aqlli, ziyoli yoshlar kammidi? Yo terorristlar orasida Hafizullo Omon kabi ko‘pni ko‘rgan, ancha yillik hayotiy tajribaga ega, oq bilan qorani ajrata oladiganlar yo‘qmi? Menimcha bu yo‘l odam tanlamaydi. Ular orasida dunyo ilmi bilan tanish, inson ruxiyatini  juda kuchli tahlil eta oladigan ekspertlar bor. Filmdagi Hafizullo Omon obrazi orqali aynan shunday odamlarni tasvirlashga urunilgan. Filmda u bilan diologimiz chog‘ida ham meni aynan kasbim nuqtai nazaridan suhbatga tortadi va o‘z g‘oyalarini asta-sekinlik bilan singdirishga urunadi.

— O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfining shunday misralari bor.

            Xayr, meni tashlab ketgaysiz bir-bir,

            Parda tushirildi, tomosha tamom.

            Lekin sahna uzra hal bo‘lgan taqdir,

            Mening yuragimda etadi davom.

Siz rollaringizda uzoq yashaysizmi yo kamera tugmachasi bosilgach holatdan chiqib keta olasizmi?

— Holatdan chiqib ketishingiz ham albatta rolga bog‘liq. “Sotqin”ning yuki og‘ir bo‘ldi. To‘g‘risi bu haqida intervyularda gapirishni istamasdim. (o‘ylanib) Tasvirga olish jarayonlari tugagach negadir kayfiyatim tushib ketadi, odamlardan uzoqroq bo‘lishni xohlayman. Bu vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – yolg‘izlik.

— Xalq uchun ishlaydigan, tomoshabin uchun xizmat qiladigan aksariyat san’atkorlar sahnadan tashqarida ommaga yuzlanishdan qochishadi...

— Buni gapirish oson lekin ko‘pchilikni orasida meni qanday yuk bosishini hatto tasavvur ham qila olmaysiz. Buni esa “yulduzlik kasali”ga chalinish bilan o‘lchaydiganlar ham bor.

— 3-4 oylab kinoteatrlarda tursa ham tomoshabin nazariga tushmayotgan filmlar bor. Lekin, “Sotqin” birinchi haftaning o‘zidayoq tilga tushdi. Har qalay  bu film haqida turli qarama-qarshi fikrlar bo‘ldi. Muhimi filmdagi arzimas kamchilik yoki xatolar emas, aksincha undan chiqarilgan xulosada.

— To‘g‘ri aytasiz. Bunday katta mavzu ko‘tarilganda istaysizmi yo‘qmi xato bo‘lishi tayin. Va men bu filmning xatolari borligini tan olaman. Biroq, kino orqali aktyor, rejissyor nima demoqchi? Shu savolga javob bormi, demak bahsni to‘xtatish kerak. Yurtni shakllanishi oiladan boshlanadi, oilaning shakllanishi esa ota-onaning tarbiyasidan. Ota-onalarning loqaydligi, na dunyoviy, na diniy ilmdan to‘liq tushunchaga ega emasligi sabab filmdagidek holatlar yuzaga kelyapti. Shukrki, tinch davlatda yashayapmiz, farzandlarimiz chiroyli hayot kechiryapti. Derazani ochishingiz bilan yuzingizga shabada urilib, qushlarning sayragani eshtiladi. Holbuki, dunyoning ko‘plab chekkalarida odamlar o‘q va bombalar gumburlashi ostida  tong ottiryapti. Shularning o‘zi yetarli xulosa chiqarishga, shukr qilishga arzigulik sabab emasmi? Qaynab turgan suvning issiqligiga ishonch komil qilish uchun uni ustimizdan quyishimiz shart emas-ku. Filmda ham aynan shu g‘oya ya’ni sergak bo‘lish, atrofdagi vaziyatga loqayd bo‘lmaslik olg‘a surilgan.

— Ko‘p aktyorlar ssenariyni yoki rejissyorning ishini ko‘zi qiymay filmdagi katta-katta kamchiliklarga ko‘z yumishga majbur bo‘ladi. Ana shu majburlik hissi sizda ham bormi?

— Yo‘q, meni hech kim majburlay olmaydi. Agar ssenariy puxta bo‘lsa, shu film tomoshabinlarga ma’naviy ozuia berishiga ko‘zim yetsa, demak rozi bo‘laman. Ba’zan tasvirga olish jarayonlari o‘rtasiga yetganda siz aytgandek rejadan chiqish bo‘ladi. Bunday vaziyatda boshlagan ishingizni oxiriga yetkazib qo‘yish uchun ham filmni rad etmaslikka majbur bo‘lasiz. Lekin biribir o‘z prinsiplarimga qarshi bormayman. Rejissyorlar bilan tortishiman, bahslashaman. Bu holatda meni qahramonim boshqa yo‘lni tutgan bo‘lardi yoki bu gapni umuman aytmagan bo‘lardi deb ssenariydagi ba’zi qismlarni o‘zgartirishga urunaman. Shuning uchun ham rejissyorlar men bilan ishlashga qiynalishsa kerak.

— 10 yillik tajribaga ega aktyorsiz. Bu vaqt davomida sizning tashrif qog‘ozingizga aylangan filmlar juda ko‘p bo‘ldi. Menimcha ular orasida sizni aktyor sifatida charxlaydigani yo‘q.

— Buni o‘zim ham bilaman. Men haligacha o‘zimni aktyor deb tan olmayman. Avvalo bu yo‘nalishda tahsil olmadim. Kino sohasida hamma narsani tasvirga olish maydonida o‘rgandim. Aktyor bo‘lish uchun iqtidorning o‘zi yetarli-ku, dersiz. Qaysidir ma’noda bu fikrda ham jon bor, lekin nazariy bilim bugun juda ko‘p narsani hal qiladi. Balki, mening ichki imkoniyatlarimni yuzaga chiqarib beradigan rejissyor bilan hali ishlab ulgurmagandirman.

— Yuridik sohada tahsil olgansiz. Kinoga nima maqsadda kirgandingiz-u qidirganingizni topdingizmi?

— Rosti nima maqsadda kirganimni eslolmayman. (o‘ylanib) Bu savolga aniq javob yo‘qdir, lekin bir narsani bilamanki shunchaki odamlarni yig‘latish yo kuldirish uchun kinoda rol o‘ynashni xohlamayman. Tomoshabin filmni tomosha qilganda o‘zi uchun qandaydir ibrat olsin, xulosa chiqarsin! Biz kino orqali tarixni yaratyapmiz. Tomoshanbinlardan “Sizning filmlaringiz bilan katta bo‘ldim” degan gaplarni eshitaman. Bu juda katta ma’suliyat. Bitta rol bilan qanchadan-qancha odamlarning hayotiga ta’sir o‘tkazish mumkin. Rolim orqali kimningdir hayotiga daxl qilishdan  qo‘rqaman. Shuning uchun rol borasida juda sinchkov va injiqman.

— Kimlardir aynan sizning rolingizga, sahna ortidagi hayotingizga havas qilib, taqlid qilib ulg‘aylarishini istarmadingiz?

—Biladim, men boshqalarga namuna bo‘la olarmikinman?! Uzoqqa borishning hojati yo‘q, shaxsan o‘zim farzandlarim mendanda yaxshiroq bo‘lib voyaga yetishlarini istagan bo‘lardim.

— Maxatma Gandining quyidagi so‘zlarini  juda ko‘p yodga olaman.  “Dunyoni o‘zgartirishni istasangiz, buni o‘zingizdan boshlang”. Afsuski o‘zimizni o‘zgartirishdan-da, mushkul ish yo‘q. Siz o‘zingizdagi nimani o‘zgartira oldingiz?

— Umrimizning ma’lum bir bosqichlarida har birimizda qandaydir o‘zgarishlar kuzatilishi tabiiy hol albatta. Oilali, farzandli bo‘lganimdan keyin o‘zgardim menimcha. Aslida odamzod o‘zgarishlarga ko‘nikishi juda qiyin kechadi (o‘ylanib). Bilmadim, savolingizga javob berishim juda qiyin.

— Hayotingizdagi tanlovlarning hammasini doim ham o‘z xohshingizga tayanib amalga oshirganmisiz yoki bunda boshqalarning manfaatlarini ham inobatga olasizmi?

— Nimani istashimizdan qat’i nazar taqdirimizda yozilganidan qochib qutilolmaymiz. Kino nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, men kinoni emas aksincha kino meni tanladi degan fikrdaman. O‘spirinlik vaqtida ko‘pchilik nima xohlayotganini bilmaydi. Men ham shu yo‘lni bosib o‘tganman. “Nafs” nomli filmimda aynan shu narsani olib chiqishga harakat qilgandim. Odamlar o‘zi ko‘rmagan, bilmagan narsani, yot bo‘lgan hayotni orzu qiladi-ku aslida u qanday bo‘lishi haqida tasavvurga ega emas. Uzoqqa qo‘l cho‘zishimiz oqibatida yonimizdagi baxtimizni yo‘qotib qo‘yganimizni sezmaymiz.

— Aql va yurak o‘rtasidagi kurash yosh tanlamaydi. Yashayapmizki bu kurash avj olaveradi. Bunday vaziyatda nimadan ovunasiz, o‘zingizga qanday tasalli berasiz?!

— Ko‘ngilga qo‘yib bersangiz juda ko‘p narsani xohlaydi. Insonni hayvondan farqlaydigan jihati aynan aql-idrokida. Aqlimiz – ko‘ngil xohishlarimizning filtri.

— Bilishimcha 10 yil avval kinoga yonib kirib kelgan Farruh bilan bugungisi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Sovugandeksiz...

— (o‘ylanib) Ilk rejissyorlik ishim “Qalbim o‘g‘risi” filmi ekranlarga chiqqanda kinoteatrga borib, tomoshabinlarning nigohiga qarab turardim. O‘shanda shu narsaga amin bo‘lganmanki odamlar kinoga ma’naviy ozuqa olish uchun emas, ko‘ngil ochish uchun keladi. Aksariyat tomoshabinlarga filmning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oya muhim emas. Shu narsani tushunib yetganimdan keyin kinodan ancha ko‘nglim sovidi. Kinoga nisbatan shaxsiy qarashim bor. Pul uchun kinosanoatga kirdingizmi, sizning joyingiz boshqa yerda. Boshqalarga zararingiz tegmasidan o‘z vaqtida istaklaringizga qarshi borganingiz ma’qul. Kino bu juda katta mafkuraviy qurol. Biz bundan unumli foydalana olmayapmizmi, demak qilayotgan mehnatlarimizning bari behuda. 

— “Ey, yurt” nomli qo‘shig‘ingizni har qanday vaziyatda, har qanday holatda eshita olaman. Go‘yo ko‘z o‘ngimda jonli klip gavdalanayotgandek bo‘ladi. Oddiy, yurakka yaqin so‘zlar... Menimcha Farrux Soipov qo‘shiqni o‘zi uchun ijro etadi.

— To‘g‘ri...

— Nega qo‘shiqchilik faoliyatini davom ettirmayapsiz?

— Xohish yo‘q.

—Sizni kaftidek biladigan va yaxshiyu yomoningiz bilan birday qabul qila oladigan inson bormi?

— Turmush o‘rtog‘im. Unga bemalol dardimni ham, meni qiynayotgan muammolarni ham ayta olaman.

— Suhbatimiz 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida chop etilyapti. Imkoningiz bo‘lganda bolalar uchun  qanday tashkilot ochgan bo‘lardingiz?

— (kulib) Bu juda qiyin savol. Bilasizmi, dunyo miqiyosida kuniga 35 mingta bola ochlikdan vafot etadi. 1 mlrd.  odam ochlik va qashshoqlikdan aziyat chekyapti. 2 mlrd. odam esa toza suv ichish baxtidan mosuvo. Ko‘ryapsizmi, shukr qilishimizga arzirli sabablar juda ko‘p. Dunyoni qo‘ya turaylik... Har bir inson insoparvarlik yordamini, ostonasidan qarindosh urug‘i, qo‘ni-qo‘shni, mahallasidan boshlashi kerak.

— Aytganingizdek shukrona keltirishmizga  sabablar bisyor. Mazmunli suhbat uchun tashakkur!

 
Qamariddin ShAYXOV suhbatlashdi


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 5757 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Darakchi, kino, Farrux Soipov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
ibodulla7777 yangi kinolar kutib qolamiz
Like | 0
Azamat4846 Farruh Soipov yaxwu aktyor
Like | 0
nilufar_ismailova Intervyu judayam yahwi ciqibti
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное