Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Gollivud aktrisasi Anjelina Joli kimga turmushga chiqishini e’lon qildi


Gollivud aktrisasi Anjelina Joli britaniyalik 40 yoshli hayriya ishlarini yoqitiradigan tadbirkorga turmushga chiqish niyati borligini aytdi, deya xabar bermoqda Hollywoodlife sayti.

“Anjelina va uning “kelishgan yigiti” 2017 yilning boshida uchrashishni boshlashgan va o‘z munosabatlarini sir saqlashgan.Demak, Bred Pit o‘z turmush o‘rtog‘ini kimga turmushga chiqmoqchiligi tugul kim bilan uchrashib yurganidan ham xabarsiz bo‘lgan.”, deyiladi jurnalda.

Manbaga ko‘ra, aktrisa shunchaki hozirgi turmush o‘rtog‘i Bred Pitni xafa qilgisi kelmagan. Agar Bred bu yangilikdan xabar topib qolsa, bu Jolini zarracha xavotirga solmaydi.

Shu bilan birga yangi juftlik o‘z to‘y marosimini Kambojada buddaviylik an’analariga muvofiq o‘tkazish niyatidalar. To‘yga qarindoshlar va do‘stlar taklif qilinadi. Marosim qo‘riqxonada nishonlanadi, kelin-kuyov esa, Kamboja milliy liboslarida bo‘lishadi. Mehmonlarga tub aholi iste’mol qiladigan taomlar taqdim etiladi.

Ayni vaqtda Anjelina Joli aktyor Bred Pitning rasmiy turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. Bir yil oldin juftlik sudga ajrashish uchun ariza bilan murojaat qilgan, ammo sud qarori chiqmagan. Agar juftlik o‘zaro murosaga kela olishsa, aktrisa to‘rtinchi marta turmushga chiqadi.

Nozimaxon Abdurahimova



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11301 | Рейтинг: 0| Рейтинг: anjelina joli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное