Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Gulnora va Lola Karimova o‘rtasida 17 yildirki olamushuk o‘tgan


Karimovlar oilasi bugun butun dunyo e’tibor markazida bo‘lib turibdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ikki qizi bor. Oilaning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning faoliyatiga nuqta qo‘yilib, ko‘zdan yiroqlashganiga hademay 5 yil to‘ladi. Lola Karimova-Tillyayeva esa Islom Karimovning vafotidan so‘ng AQShda istiqomat qilyapti. U YuNESKOdagi elchilik lavozimidan ketdi, Gimnastika federatsiyasi prezidentligini ham boshqa birovga topshirdi.

Opa-singillarning o‘zaro munosabatiga qiziqish bugun har qachongidan ham ortgan. Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova xolasi bilan munosabatlar umuman yo‘qligini ochiq-oydin oshkor etdi.

Bu orada “Qalampir.uz”ning qo‘liga Lola Karimova-Tillyayevaning 2013 yil xalqaro OAVga bergan intervyusi kelib tushdi. O‘sha vaqtlarda ham Lola Karimova opasi bilan munosabatlari yaxshi emasligini tan olgan.

“Opangiz bilan munosabatlaringiz qanday? Hayotda yoki biznesda raqobatlashasizlarmi?”, degan savolga Karimova-Tillyayeva quyidagicha javob bergan:

“Mavjud bo‘lmagan munosabatlarni tasvirlab berish qiyin. Men va opam bir-birimiz bilan 12 yildan ortiqki muloqot qilmaymiz. Buni hech qachon yashirmaganmiz, va bundan ko‘plar xabardor. Ko‘p yillardan beri hech qanday aloqamiz yo‘q. Oramizda na oilaviy, na do‘stona aloqalar bor. Savol so‘rashingizdan oldin aytmoqchimanki, oilaviy marosimlarda ham ko‘rishmaymiz.

Biz mutlaqo boshqa-boshqa odamlarmiz. Har qanday yaxshi munosabatlar bo‘lishi uchun dunyoqarashlardagi o‘xshashlik yoki xarakterlarning o‘xshashligi, yoki bir xil qiziqishlar va odatlar mavjud bo‘lishi zarur. Ikki insonning qarashlarida qandaydir yaqinlik bo‘lishi kerak, lekin bizning o‘rtamizdagi munosabatlarda bu hech qachon bo‘lmagan. Biz mutlaqo farqli shaxslarmiz va eslaymanki, bolaligimizdan buyon shunday bo‘lganmiz. O‘zingiz tushunasiz, bunday farqlar yillar o‘tib faqat chuqurlashib boradi”.

Agar vaziyat 2013 yildagidek saqlanib qolgan bo‘lsa, Gulnora va Lola Karimovalar 17 yildan buyon aloqa qilmaydi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 11159 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Lola Karimova, Gulnora Karimova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное