Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Gulsanam Mamazoitova jonli ijroda konsert beradi

2016 yilning 9-13 fevral kunlari O‘zbekiston Xalq artisti Gulsanam Mamazoitova poytaxtimizdagi “Istiqlol” san’at saroyida jonli ijrodagi konsert dasturini namoyish etadi.
Ayni paytda “Men sizni topgunimcha” deb nomlangan mazkur konsert dasturiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Xonanda ma’murining Kun.uz saytiga ma’lum qilishicha, konsert repertuaridan yangi va xalqqa qiziqarli taronalar o‘rin olgan bo‘lib, dastur mobaynida ikkita duet ham taqdim etiladi. Ulardan biri yaqindagina Farruh Raimov bilan xorazmcha uslubda ijro etilgan “Kuyov” deb nomlangan duet bo‘lsa, ikkinchisida xonanda Hurshid Hamidov bilan buning teskarisi – kuyovning opasi nomidan duet kuyladi. Uning uslubi 90-yillarning saundini eslatadi va yoshlarbopligi bilan ajralib turadi. Konsert dasturidan o‘rin olgan ushbu taronaga klip suratga olish rejalashtirilgan.
“Hozircha repetisiya jarayoni avjida, har kuni studiyadamiz. Kuniga hech bo‘lmasa bitta qo‘shiq ustida ish olib borayapmiz”, - dedi ma’mur.
6 kunlik konsert dasturida muxlislarni kutilmagan, bir-biridan qiziqarli chiqishlar, dilga yaqin taronalar joy olishiga shubha yo‘q.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2765 | Рейтинг: 0| Рейтинг: GULSANAM MAMAZOITOVA, jonli ijroda konsert beradi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное