Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Gulsanam Mamazoitovaga nisbatan e’tirozlar bildirildi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovani to‘ybop qo‘shiqni ommaga reklama qilishda aybladi.
   O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda faol san’atkorlardan sanaladi. Xonanda bugun facebook.com tarmog‘idagi shaxsiy sahifasiga O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova va Farrux Raimov ijrosidagi “Kuyov” qo‘shig‘iga ishlangan klipdan lavha joylashtirib, o‘z e’tirozlarini yozib qoldirdi. Xonandaning qo‘shiqqa nisbatan munosabati biroz tushunarsiz yozilgan bo‘lsa-da undagi asosiy mazmunni va Gulbahor Erqulova nima demoqchi bo‘lganini taxmin qilib, fikrlarini qoralashga harakat qildik.

Gulbahor Erqulova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
— O‘zbekiston xalq artisti unvoniga loyiq bo‘lsa omad! Qo‘shiqchi serqirra bo‘lishi kerak, lekin to‘yning qo‘shig‘ini ommaga reklama qilish to‘g‘rimi, bilmadim. Katta sahnaga chiqib, yurtni kuylagan xonandalar biroz o‘ylab ish qilishsa yomon bo‘lmas edi.

   Xonandaning bu e’tiroziga nisbatan o‘z shaxsiy fikrini bildirgan foydalanuvchilar ham topildi, albatta.  Ularga javoban, Gulbahor Erqulova O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning ovozi borligini e’tirof etib, unga nisbatan shaxsiy adovati yo‘qligini, xonandaning o‘z tanlagan yo‘li bo‘lishi kerakligi va unga laparchilik ko‘proq yarashishini izohlarda yozib qoldirdi. Qiziq, O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning ustoz san’atkorning yuqoridagi fikrlariga nisbatan qanday munosabat bildirar ekan? Biz ushbu masala yuzasidan Gulsanam Mamazoitovaning turmush o‘rtog‘iga murojaat qilganimizda, ular bu masalaga javoban fikr bilmasliklarini ma’lum qildi.
Qamariddin Shayxov


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 6124 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: e’tirozlar bildirildi, nisbatan, GULSANAM MAMAZOITOVA
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
samira100 Gulbahor di hechkim eshitmaganiga alam qildimi gulsanamni yomonlaydi alamkash :( :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное