Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Ayol Qalbi - True Love
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Haydovchilar Toshkentdagi svetaforlarning nosozligidan shikoyat qilishdi

27 yanvar kuni ushbu guruhda Toshkent shahridagi yo‘llarga o‘rnatilgan svetaforlarning nosozligi kunning asosiy mavzusi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Facebook.com ijtimoiy tarmog‘idagi Voditeli Tashkenta guruhi a’zolari bugun qariyb 55 mingtani tashkil etyapti. Mazkur guruhda haydovchilar kunning eng muhim mavzularini, avtomobillarga oid xabarlarni muhokama qilib borishadi.
27 yanvar kuni ushbu guruhda Toshkent shahridagi yo‘llarga o‘rnatilgan svetaforlarning nosozligi kunning asosiy mavzusi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kimdir Toshkentning Yunusobod tumani, Sayram dehqon bozori joylashgan “Yunusota” ko‘chasidagi svetaforning uchala chirog‘i bir vaqtning o‘zida yonayotganidan shikoyat qilsa, yana boshqa birov Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi qarama-qarshi yo‘lning faqat bir tarafidagina svetafor ishlayotganini va bu erta tongdan haydovchilarga noqulaylik tug‘dirayotganini aytdi.  Xuddi shu suhbatga Facebook’ning yana bir foydalanuvchisi qo‘shildi. U ham Yunusobod tumanidagi Ahmad Donish ko‘chasidagi chorrahada svetaforning uchala chirog‘i bir vaqtning o‘zida  yonayotganidan shikoyat qilgan.
Voditeli Tashkenta guruhida svetaforlarning suratlari va mualliflarning izohlari uzoq muhokama qilindi. Foydalanuvchilarning fikricha, bunday holat Toshkent shahrida birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Haydovchilar orasida bu holatni svetaforlarning eskirgani va yog‘ingarchilik oqibatida “zamekaniya” bo‘layotganini yozib qoldirayotganlar ham yo‘q emas.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2652 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent, svetafor, Haydovchilar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:35
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное