Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Hech narsa qilmasa ham, tananing charchashiga sabab nima?


Stress gormonlarini yo‘qotish uchun ko‘pincha jismoniy zo‘riqishlarni maslahat berishadi: yugur – ahvoling yaxshilanadi. Ammo shunday odamlar borki, stressga tushganida, qo‘shimcha zo‘riqishlarsiz ham o‘zini holdan toygan his qiladi.

Tanamiz kun davomida hech narsa qilmasa ham, charchoq his qilishimiz nimadan? O‘tirishdan iborat hayot tarzi, mashinada yoki jamoat transportida uydan ishga, ishdan uyga yo‘l bosish, uyda divanda yotib dam olish va baribir odam o‘zini siqilgan limonday his qiladi.

Hissiy kechinmalarni to‘plab yurganimizda nima sodir bo‘lishini aniqlashga harakat qilamiz.

1-qadam: zo‘riqish

Hissiy zo‘riqishni his qilayotganimizni qayerdan bilamiz? Hissiyotlar tana yordamida namoyon bo‘ladi. Stressli vaziyatlar tanada muskul zo‘riqishlari sifatida aks etadi. Shuning uchun ham ularni hissiy “zo‘riqishlar” deb ataymiz: biz go‘yoki mushtday tug‘ilamiz, yopilamiz, himoyalanamiz yoki jangga tayyorlanamiz.

2-qadam: zo‘riqishning stabillashuvi

Normaga ko‘ra, odam bir marta zo‘riqqach, bo‘shashishi kerak. Asabiylashib, janjallashib, yarashgach – hammasi o‘tib ketadi, stress ham chekinadi, u bilan birga muskul zo‘riqishi ham. Ammo zamonamizning xususiyati shundaki, ko‘pchiligimiz doimiy stressda bo‘lamiz: ish tufayli oiladagi ziddiyatli munosabatlar tufayli surunkali xavotirda yashaymiz. Bir hodisadan boshqasigacha bosim saqlanib qoladi – hissiy darajada ham, jismoniy darajada ham, muskullarda ham.

3-qadam: moslashish

Bo‘shashish bo‘lmasa, muskullar stabil zo‘riqish holatida bo‘ladi. Miya bu vaqtda nima qiladi? Bu juda aqlli tuzilgan biologik mashina – u vaziyatga moslashadi. Avval miya muskullardan kelgan axborotni qabul qiladi va qayta ishlaydi: biz belda, bo‘yinda, yelkalarda, buksalarda og‘riq his qilamiz. Keyin esa miya tushunadi: ehtimol, bu abadiy bo‘lsa kerak. “Yo bu signallarni doimiy ravishda qayta ishlayman va operativ xotiramni to‘xtataman yoki… signal qabul qilishni to‘xtataman!” Shu tariqa miya zo‘riqqan muskullardan signal qabul qilishni va ularni qayta ishlashni to‘xtatadi. Va qanchalik g‘alati bo‘lmasin, odatiy zo‘riqishni his qilmay qo‘yamiz. Ammo muskulda zo‘riqishlar qolaveradi.

4-qadam: kuch tanqisligi sharoitida yashash

Muskul zo‘riqishlariga chidash uchun energiya kerak. Energiyaning bir qismi doimiy ravishda ushbu muammoga sarflanar ekan, boshqa funksiyalar uchun unchalik ko‘p energiya qolmaydi. Pul bilan bog‘liq o‘xshatish keltiramiz: odam yaxshi daromad topadi, ammo topgan pulining uchdan ikki qismini soliqqa, kredit to‘loviga beradi. Mansabi yuqori bo‘lsa-da, har doim oylikdan oylikkacha sudralib yashaydi.

Hissiy zo‘riqishlardan butunlay xalos bo‘lolmaymiz, ammo muskullarimizni bo‘shashtirishning imkoni bor. Zo‘riqish surunkali holatga aylanmasligi, har zo‘riqishdan keyin normaga tez qaytish uchun quyidagilarni amalga oshirish foyda beradi:

1. Operator bajaradigan amaliyotlar – bu boshqa bir kishi bajaradigan ishlardir. Bo‘shashtiruvchi massajlarning juda ko‘p turlari bor.
2. Suvli muolajalar – hammom, jakuzi va odamni “qayta tug‘ilganday” his qilishiga yordam beruvchi boshqa amallar. Ularni birinchi tipdagi amaliyotlar bilan uyg‘unlashtirgan ma’qul. Ikkalasi samarali ravishda bir-birini to‘ldiradi.

3. Bo‘shashishga yordam beruvchi sog‘lomlashtiruvchi mashqlar – massaj va suvli muolajalar odamni passiv (yotgan) holatida bo‘shashtirsa, gimnastika faollik yordamida bo‘shashtiradi.
Uchta yo‘nalishni ham birlashtirib, muskullarga elastiklik, tanaga esa – ozodlikni qaytarasiz.



Категория: SOG'LIK
Просмотров: 2177 | Рейтинг: 0| Рейтинг: maslaxat, Stress, hech narsa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное