Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Biz har kuni pul sarflaydigan 10 ta keraksiz narsa


Pulning ortiqchasi bo‘lmaydi, qancha ishlab topmaylik, suv kabi barmoqlarimiz orasidan o‘tib ketaveradi. Ko‘pincha keraksiz narsalarga katta miqdordagi pullarni sarflab yuboramiz. Bunda aslida keraksiz bo‘lgan narsalarni sotishga harakat qiladigan marketologlarning xizmati ham katta.

Keyin esa, do‘kondan qaytgach, pullarimizni sanaymiz va harajatlarimizga qarab hayratga tushamiz, keyingi maoshgacha kunlarni qanday o‘tkazish haqida bosh qotiramiz. Faqat pul sarflashga emas, uni qayerga sarflayotganingizga ham e’tibor bering. Yaxshisi, hafta davomida nima sotib olgan bo‘lsangiz, hammasini yozib boring – bu harajatlaringizni aniqlash va keraksizlarini chiqarib tashlash imkonini beradi.

1. Plastik idishlardagi suv

Sog‘liq uchun ko‘p suv ichish foydali ekanligini bilamiz va har kuni plastic idishlardagi suvga pul sarflaymiz. Buning o‘rniga bir marta pul sarflab, o‘zingiz uchun qulay idish sotib oling, uni yo‘lda ko‘tarib yurish va ishga olib borish mumkin bo‘lsin.

2. Eski mobil aloqa tarifi
Mobil aloqa tarifingiz qanchalik hamyonbop ekani bilan qachon qiziqdingiz? Odatda unga ulangach, yillab foydalanasiz. Bu vaqt oralig‘ida operatorning sizga mos keladigan yana-da foydali takliflari paydo bo‘ladi, siz esa bexabar bo‘lasiz.

3. Ortiqcha oziq-ovqat
Odatda do‘konda keragidan ortiq ozuqa sotib olamiz. Natijada, sotib olinganlarning 20 foizidan ko‘prog’i axlat chelagidan joy oladi. Bundan qochish uchun do‘konga och qorin bilan bormang, kerakli narsalar ro‘yxatini tuzing va unga qattiq amal qiling.

4. Kino premyeralar

Yangi film kinoteatrga chiqishi bilan unga chopish – yaxshi g‘oya emas. Premyeralar uchun biletlar ancha qimmat bo‘ladi, ularning aksiya va chegirmalari bo‘lmaydi. Bir haftacha kuting va bilet narxi tushadi.

5. Polietilen paketlar
Sizning uyingizda ham paketlar yig‘adigan joy bormi? Ularning har biri arzimas pul tursa ham, shu paytgacha qancha sarflaganingizni o‘ylang. Bundan tashqari, polietilendan voz kechish – ekologiya uchun qayg‘urish hamdir. Matodan tikilgan xaltacha sotib oling va doim do‘konga shu bilan boring.

6. Ortiqcha kiyim

Ko‘pincha kiyimlarni kayfiyatga qarab sotib olamiz, keyin esa shkafga ilamiz yoki javonga qo‘yamiz, lekin kiymaymiz. Ayniqsa, bu ozish umidida sotib olingan (garchi chiroyli bo‘lsa ham) noqulay kiyimlardir.

7. Kassa yonidagi mayda-chuydalar
Marketologlar bekorga kassa oldiga yaltiroq qog‘ozga o‘ralgan har turli mayda-chuydalarni qo‘yishmaydi. Kassa yonida navbatda turar ekanmiz, ro‘yxatimizda bo‘lmagan nimanidir xarid qilgimiz kelib qoladi. Non sotib olishga chiqqan bo‘lsak ham, ortiqcha narsalar bilan qaytamiz.

8. Diyetaga oid mahsulotlar
“Eko”, “bio”, “fitness” yozuvli mahsulotlar bugungi kunda juda mashhur va albatta asossiz yuqori narxlarga ega. Bu ko‘proq pul to‘lashingiz uchun qilingan marketing usulidan boshqa narsa emas.

9. O‘zingiz bilan olib yuriladigan qahva

Yanchilmagan qahva, qahva maydalagich sotib oling va qahvani uyda tayyorlang. Ko‘chada sotib olgan qahvangiz 10 ming so‘m bo‘lsa, bu bir yilda 3 650 000 so‘m bo‘ladi.

10. Suvenir
Suvenir odatda ancha yoqimli narsa, ayniqsa, uni boshqa davlatga sayohat vaqtida sotib olgan bo‘lsak. Biroq uyga qaytgach, javonning bir chetiga tiqib qo‘yamiz, keyin esa u yillab chang bosib yotadi. Sayohatdan esdalik uchun biror narsa sotib olmoqchi bo‘lsangiz, u biror foydali narsa – masalan, idish, ro‘mol va hokazo bo‘lsin.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 4646 | Рейтинг: 0| Рейтинг: harajat, maslaxat, keraksiz, Pul
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное