Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Kuchingizni so‘rib oluvchi 10 tuynuk

Sharq tabobatida nafaqat jismoniy, balki ma’naviy salomatlikka ham katta e’tibor qaratiladi. Aslida mana shu omil salomatlikni ta’minlab turadigan birlamchi narsadir, shuningdek, deyarli davolab bo‘lmaydigan ko‘plab kasalliklarning sababchisi hamdir. Siz shunchaki ular bilan yashaysiz, ular bo‘lsa sizni ham ma’nan, ham jismonan ishdan chiqaradi. Bu jarayon ulardan o‘z irodangiz bilan qutilishga qaror qilmaguningizgacha davom etadi.
Buning uchun kuchingizni boricha so‘rib oladigan hayotingizning 10 sohasini ko‘rib chiqishingiz zarur:
1. Tugallanmagan, oxirigacha qilinmagan ishlar
Doim bir ishga kirishasiz, boshlaysiz-u oxirigacha yetkazmaysiz. Bunda nafaqat moddiy resurslar sarf bo‘ladi. Ruhiyatingizda, xuddi kompyuterdagi kabi, yopilmay qolgan jarayon anglanmagan holda saqlanib turadi, ammo har doim e’tiboringiz va kuchingizni so‘rib turadi. 
Bunga va’da berib qilmaslik, qarz olish, ishni boshlab tashlab yuborish, kuchingiz yetmaydigan ishlarni olish va boshqalarni kiritish mumkin.
2. Boshqalarni va o‘zingizni aldash
Kishi aldayotgan vaqtida tasavvurdagi obrazlarni o‘ylab chiqarish uchun juda ko‘p kuch sarflaydi. Bundan tashqari, tomoq chakrasi va yurak chakrasi orasidagi oqim bukilib qoladi. Shuning uchun “yuragi egri”, degan gap bor. Yolg‘on sababli u haqiqatan ham qiyshayadi.
Ikkiyuzlamachilikka, o‘z-o‘zini aldashga, o‘zingni aslingdagiday tutmaslikka harakat qilish kabi noxush hollarga barham berish lozim.
3. Xafagarchiliklar, tundlik va  o‘zini chetga tortish bilan bog‘liq barcha holatlar
Inson – bu ochiq energetik tizim. Agar uni xohlasangiz, ajratib qo‘ysangiz u kuchsizlana boshlaydi. Xuddi shahar, port yoki mamlakatni blokada qilganday. Biror ob’ektni jismoniy, iqtisodiy yoki hatto, informasion jihatdan yakkalasangiz, u zaiflashadi.
Bunday vaziyat qachon ro‘y beradi: yaqin munosabatlarni rad etganingizda, ajdodlarni tushunganingizda, ona Vataningizga e’tiborsiz qaraganingizda, hayotdan yoki biror kishidan xafa bo‘lganingizda. Agar kishi biror jamiyat yoki insonlar guruhiga birikmagan bo‘lsa, bu ham uni kuchsizlantiradi. 
4. Qo‘rquv, ishonchsizlik, keraksiz adovat
Qo‘rquv va ishonchsizlik holatlari ham xafagarchilikdagi vaziyatga o‘xshaydi. Bundan tashqari, energetik resurslaringiz bekordan-bekorga sarf bo‘ladi. Chunki organizm hamisha urush holatida bo‘lib, nizo qilish yoki qochishga tayyor turadi. Bu sizni holdan toydiradi.
5. Jismoniy, ruhiy yoki informasion bosim yoki aksincha, jismoniy mashg‘ulotlar va tabiat bilan aloqaning yetishmasligi
Inson haddan ortiq ko‘p ish bilan shug‘ullansa yoki biror nimadan ko‘p tashvishlansa, uning kuchi ko‘p ketib qoladi. Miyada axborotni tahlil qilish ko‘p kuch talab qiladi, keraksiz tashvishlanayotganingizda esa buyrak usti bezlari gormonlari sarf bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, buyrakda turli xil kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
6. Noto‘g‘ri va kam uyqu
Keraksiz vaqtda uxlasangiz yoki yetarlicha tiniqib uxlamasangiz organizm uyqu davomida o‘z kuchini qayta tiklab ulgurolmaydi. Natijada toksinlar yig‘iladi, bioritm buziladi, miya esa hali o‘zlashtirilib ulgurmagan axborotlardan to‘ladi.
7. Haddan ortiq ko‘p ovqatlanish, spirtli ichimliklar, tamaki, narkotikdan zaharlanish
Organizm resurslarini zararsizlantirish va toksinlarni chiqarib yuborishga sarflashga majbur bo‘ladi. Asab tizimi, buyrak va ichaklar qiynaladi.
8. Keraksiz suhbatlar, ichingda o‘zing bilan gaplashish, hovliqmalik
Bu sizga ahamiyatsiz bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo nutq uchun tasavvur qilib bo‘lmas darajadagi ko‘p kuch sarf bo‘ladi, odatda behudaga zoe bo‘ladi. Buni ko‘pincha jimlikdan so‘ng sezish mumkin.
9. Kasalliklar, davolanmagan jarohatlar, zararli tashqi holatlar, parazitlar va energetik vampirlar
Bunga atrofingizdagi yoqimsiz va zararli kishilar, ishlab chiqarishdagi ifloslanishlar (zavod, fabrikalar), jarohatlar va boshqa shikastlanishlar kiradi.
10.  Kuch eng ko‘p sarf bo‘ladigan kanal – ortiqcha jinsiy hayot kechirish
Jinsiy hayotdagi madaniyatsizlik, tartibsiz jinsiy aloqalar insonning eng kuchli resursi – jinsiy quvvati sarf bo‘lishiga olib keladi. Uning yana qayta tiklanishi uchun ko‘p kuch ketadi, bu quvvatning sarfidan keladigan zarar ham shunchalik ko‘p. Shunday ekan undan aql bilan tejab, foydalanilgani maqsadga muvofiq.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 9495 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 10 tuynuk, Kuchingizni so‘rib oluvchi, maslaxat, Kuch
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
FarruxTIMI Eslatganlaring uchun raxmat
Like | 0
Braveheart Da hamma narsani ozi yaxwi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное