Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Hindistonlik 21 yoshli model va aktrisa “Koinot go‘zali — 2021” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (foto)

“Koinot go‘zali — 2021” tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Unda hindistonlik 21 yashar model Harnaaz Sandhu g‘olib deb topildi.

Isroilning janubidagi Eylat shahrida bo‘lib o‘tgan tanlovda brilliant tojni qo‘lga kiritish uchun butun dunyodan 80 nafar qiz va ayollar ishtirok etdi. Natijalar 12-dekabr kechasi e’lon qilingan.  Unga ko‘ra, paragvaylik Nadya Ferreyra ikkinchi, afrikalik Lalela Msvane uchinchi o‘ringa loyiq deb topilgan.

Go‘zal bo‘lish uchun o‘zini noyob deb bilish kerakligini aytgan “Koinot go‘zali” auditoriyaga: “O‘zingizni boshqalar bilan taqqoslashni bas qiling”, — deb tavsiya bergan.

“Men o‘zimga ishonganim uchun ham bugun bu yerdaman”, — degan Harnaaz. Uning bu so‘zlari auditoriyadagilarning olqishlariga sabab bo‘lgan.Shuningdek, u nutqi davomida bulling (bezorilik) va bodi-sheyming (tana tuzilishi bilan bog‘liq diskriminatsiya)dan aziyat chekkanini ham ta’kidlagan. Toj kiydirilganidan keyin Sandhu Hindistonni bir necha marta panjob tilida g‘alaba bilan tabriklagan.

Harnaaz ushbu maqomga ega bo‘lgan ilk hindistonlik emas. Undan avval Sushmita Sen va Lara Duttalar ham “Koinot go‘zali” deb topilgan.

 



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 1815 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Hindistonlik, model, 21, Yoshli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:12
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное