Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ikki kunda olti o‘zgarish: Toshkent tumanlari hokimlari nega almashtirilmoqda?



Toshkent shahrida 11 tuman bo‘lib, so‘nggi ikki kun ichida ularning oltitasiga yangi hokim tayinlandi. Yangi hokimlarning qariyb barchasi vazirlik va respublika miqyosidagi tashkilotlarning rahbar kadrlaridir.

Mart oyi oxirida Yunusobod tumani hokimi Mira’zam Mirqosimov iste’foga chiqarilgan edi — Mirqosimov bu lavozimda olti oy ham ishlamadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-aprel kuni Chilonzor tumaniga amalga oshirgan tashrifidan so‘ng, tumanning boshqa mas’ullari qatorida, hokim ham ishdan olindi. 18-aprel kuni har ikkala tumanning yangi hokimlari nomlari ma’lum bo‘ldi: Davlat raqobat qo‘mitasi rahbari Davron Hidoyatov Chilonzorga, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov esa Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Hidoyatov ham, Abdusamatov ham 11-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda qattiq tanqid qilingan va shundan so‘ng qo‘mitalar rahbarligidan ketgan.
9-aprel kuni Toshkentning to‘rtta tumaniga yangi hokim tayinlangani ma’lum bo‘ldi. Sergeliga — Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov, Yashnobodga — iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiyev, Mirobod tumaniga — Toshkent mexanika zavodi sobiq raisi Shuhrat Po‘latov, Uchtepa tumaniga — bir vaqtlar Mirzo Ulug‘bek tumaniga rahbarlik qilgan Shavkatbek Ergashev hokim bo‘ldi. Ulardan avvalgi hokimlarning ba’zilari ko‘p yillardan beri (masalan, Sergeli sobiq hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev), ba’zilari esa bir necha oydan beri hokimlik qilayotgan edi (Javdatxon Inog‘omov Uchtepaga atigi uch yarim oy hokim bo‘ldi).

Tuman hokimlarining ommaviy almashtirilishi sabablari yuzasidan hozircha rasmiy izoh berilgani yo‘q. Hokimlar iste’fosida tumanlar aholisidan Prezident Virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar asosiy rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Xususan, Prezidentning Chilonzorga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan rasmiy axborotda tumandan Virtual qabulxonaga 16 mingdan ziyod murojaat kelib tushgani, biroq ularning “atigi 1,5 mingtasi” ijobiy hal qilingani ta’kidlangan.

Kuzatuvchilar Davlat raqobat qo‘mitasi va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbarlarining tuman hokimi etib tayinlanishini “qoniqarsiz faoliyat uchun jazo” va “ishonchni oqlash uchun yana bir imkoniyat” sifatida, shahar hokimi o‘rinbosari va iqtisodiyot vaziri o‘rinbosarining tuman hokimligiga yuborilishini esa xizmat pillapoyasidagi navbatdagi o‘sish yo‘lida o‘ziga xos imtihon tramplini deb ta’riflamoqda.
Almashmagan besh hokim qoldi — Shopo‘lat Asqarov (Bektemir tumani), Sarvar Mahametov (Yakkasaroy), Oybek Mirtemirov (Shayxontohur), Bahodir G‘oibnazarov (Olmazor) va Sherzod Kudbiyev (Mirzo Ulug‘bek). Nomlari zikr etilganlardan Sherzod Kudbiyevning o‘rni mustahkamroqdek ko‘rinadi — u Shavkat Mirziyoyev Prezidentlikka kirishganidan keyingi tayinlangan ilk kadrlardan, o‘zi rahbarlik qilayotgan tumanni yaxshi tomonga o‘zgartirishga va bu o‘zgarishlarni ko‘rsatishga urinyapti. Hukumatdagi manbalarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti yaqin kunlarda Toshkentning qator tumanlariga tashrif buyuradi va bu, Chilonzor safari yakunlaridan xulosa qilinsa, tuman hokimlarining almashinuviga sabab bo‘lishi mumkin.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4692 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hokimlar, Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное