Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Pazanda - Im Loving You
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Samomiy Ishq-soundtreck
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Inson munosabati


Biz har kuni kim bilandir uchrashamiz, suhbatlashamiz. Kimningdir o`zimizga bo`lgan munosabatidan norozi bo`lamiz. O`zimiz bilmagan holda kimnidir hafa qilamiz. Yoki aksincha, kimdandir xursand bo`lib, kimgadir xursandchilik ulashamiz.

Bu o`zaro insoniy munosabatlarda juda ko`p hollarda oddiygina xato qilib qo`yamiz-da, keyin, nega shunday bo`ldi deb ma`yuslanib yuramiz. Birovni ayblab, o`zini farishta sanash insonga xos xususiyat. Biz hammamiz shunaqamiz. Kimnidir maqtashdan ko`ra, uni tanqid qilish osonroq. Kimnidir tanqid qilishdan oldin, uning bir kun kelib o`zimizga ham qaytib kelishi haqida o`ylab ko`raylik.

Tanqidni aloqachi kabutarga o`xshatish mumkin.  Amerika prezidenti Abram Linkol`n odamlar bilan munosabatda betakror edi. Uning odamlar bilan munosabatidagi yutug`ining siri nimada bo`lgan?

Agar uning atrofidagilar bilan muloqoti usullarini ko`rib chiqsangiz, buning siri oddiygina tanqid qilmaslikda ekanini tushunib olasiz. Xo`sh uning o`zi ham kimnidir tanqid qilganmi?  

U yoshligida tanqidiy maktublar, she`rlar yozib qishloq ko`chalariga tashlab ketardi. Maktub kimga qaratilgan bo`lsa, o`sha kishilar undan ranjishgani aniq. Keyinchalik bir xodisa sabab Linkol`n umuman tanqid qilmaydigan bo`ldi.

Atrofidagilar kimdir haqida tanqid qilsa u: «Ularni tanqid qilmang, mazkur sharoitda biz ham shunday yo`l tutgan bo`lar edik», deydi.

Siz kimnidir boshqacha odamga aylantirishni istaysizmi? Juda yaxshi! Unday  bo`lsa  bu ishni o`zingizdan boshlang. Haqiqiy xudbinlik nuqtai nazaridan o`zgalarni o`zgartirishdan ko`ra bu foydaliroq ham xavfsizroq.

Balki, o`z o`zingizni takomillashtirish bir yil vaqtingizni olar. Keyin esa buning samarasini ko`rasiz. Konfutsiy: «O`zingizning ostonangiz tozalanmasdan turib, qo`shningiz tomida qor yotganidan  shikoyat qilmang», degan edi.

Agar biz o`n yillab, balki umrimizning oxirigacha tatiydigan xafagarchilikka mubtalo bo`lishni istamasak, keling, o`z-o`zimizni ayovsiz tanqid qilish bilan shug`ullanaylik.
Atrofdagilar bilan munosabatda unutmangki, siz mantiqiy fikrlaydigan xilqatlar bilan emas, balki, ehtirosli, mag`rur, shuhratparast mavjudotlar bilan muloqotda bo`lyapsiz.

Tanqid esa porox to`la bochkaga o`xshab g`ururni portlatib yuborishi mumkin. Shuning uchun mumkin qadar odamlar bilan yumshoqroq munosabatda bo`lishni o`rganing.

Yoshligida qo`rs bo`lgan Benjamin Franklin vaqt o`tishi bilan odamlar bilan  muomala qilish san`atini shu qadar o`zlashtirdiki, uni Amerikaning Frantsiyadagi elchisi qilib tayinladilar. Uning muvaffaqiyati siri nimada edi? «Men hech kim to`g`risida yomon gapirmayman, biroq odamlarning yaxshi jihatlarini hamma joyda  aytaman», degan edi u.

Har qanday nodon tanqid qilishi, ayblashi, noroziligini bildirishi mumkin. Nodonlarning ko`plari shunday qiladilar ham. Ammo birovni tushunmoq, yon bermoq uchun kuchli iroda talab etiladi.

«Buyuk shaxsning buyukligi, uning kichkina odamlar bilan munosabatida namoyon bo`ladi», deydi Karleyl.

Garov boylayman, atrofimizdagilarning 99 foizi kichik odamlarga nisbatan mensimay muomala qiladilar. Siz esa ularning x
atosini takrorlamang.


Manba:Tarona.net
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 3484 | Рейтинг: 0| Рейтинг: munosabat, suhbat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное