Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Suhbatdoshingizning qoshiga qarab, fe`l-atvorini aniqlang!


 


Hayotimiz davomida ko`p insonlar bilan munosabatlarga kirishamiz, biroq ularning fe`l atvori haqida  ko`p ma`lumotga ega emasmiz. Qarangki, bugungi kunda insonning tashqi ko`rinishiga qarab tabiati, imkoniyatlari va xohish-istaklari haqida to`liqroq ma`lumotga ega bo`lish imkoni bor ekan.  Suhbatdoshingizning qoshiga qarab, to`g`ri muomala qilishni istasangiz  ruhshunos Madina Abdurazzoqova bergan ma`lumotlarni yodingizda saqlang.

 

Yoysimon qosh sohiblari

Yoy, bu — go`zallik ramzi. Bunday qosh egasi go`zallik uchun dunyoga kelgan. U istagan narsalariga qiyinchiliksiz erishish qobiliyatiga ega. Tabiiy kamon qoshlar ta`sirchanlik, hissiyotga beriluvchanlik va san`atkorlik xususiyatlaringizni oshkor etmoqda. Shu bilan birga, ko`zlagan maqsadingizga erishish uchun sizda etarlicha qat`iyat topiladi. Kamon qoshlar munosabatlarda o`zaro ahillikdan darak beradi.

Qaldirg`och qanoti kabi qo`shilgan qoshlar

Bundaylarni o`z maqsadlarga erishish yo`lida xech narsadan tap tortmaydigan, ushalganini uzmay qo`ymaydigan insonlar qatoriga qo`shish mumkin. Agar qoshning oxiri chakkaga tomon ko`tarilgan bo`lsa, odatda bu jahldorlik, tadbirkorlik, mag`rurlik, o`ziga bo`lgan ishonchdan darak beradi.

Egilgan uchli qoshlar

Bunday qosh sohibalari odatda o`z taqdirining yaratuvchisi hisoblanmaydi. Maqsadingizga erishish uchun odamlardan foydalanishdan tiyilishingiz lozim.

Tekis qoshlar

Bunday qosh egalari shijoatli, mard, sport va dam olishni xush ko`ruvchi insonlar bo`lishadi. Ular odatda uy bekasi roliga umuman mos kelmaydi. Ishda tavakkalchi bo`lib, turli to`siqlarni osonlik bilan engib chiqish tekis qosh sohiblariga xos jihat. Atrofdagilar ularni aqlli, o`z ishini yaxshi biladigan inson sifatida qadrlashadi.

Burchaklari bo`rtib chiqqan qoshlar

Bunday insonlar moliyaviy masalalarda juda uddaburon  bo`lishadi. Shuningdek, ular hayotdan bahra olib yashashni istashadi. Biroq shaxsiy munosabatlarda anchayin beqarordirlar. Beqarorliklari tufayli odamlarda ishonchsizlik uyg`otadilar.

Yarimoy shaklidagi qoshlar

Bu haqiqiy tadbirkor insonning qoshlari. Bunday qosh egalari odatda o`ta sinchikov va ehtiyotkor bo`lishadi. Shuningdek, topqirlik, ixtirochilik va o`ziga kuchli ishonch ham ularga xos xususiyat. Odamlar sizga osonlik bilan ishonch bildirishadi.

Xususiyatlariga ko`ra…

Qalin qoshlar hayotga bo`lgan chanqoqlik, shijoatni bildirsa, siyraklari beqaror, kam harakat, muloqot doirasi chegaralangan insonlardan darak beradi. Qisqa qoshlilar boshlagan ishlarini oxirigacha etkazishlari amri mahol. Keng qoshlar o`ziga nisbatan ishonchdan dalolat. Ingichkalari esa, uyatchan va beqarorlikni bildiradi.


Manba:Gooper.uz
Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 8209 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: fe'l, suhbat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
olma777olma yaxshi maslaxat uchun raxmat
Like | 0
ilyosbekQodirov Yaxshi
Like | 0
ilyosbekQodirov Yaxshi
Like | 0
NuR_KR Toba
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное