Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Jeki Channing o‘g‘li uch yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Xitoy poytaxtidagi Dunchen okrugi jamiyat xavfsizligi boshqarmasi jangari filmlar yulduzi Jeki Channing o‘g‘li Jeysini hibsga olish to‘g‘risida qaror qabul qildi.  U giyohvand modda saqlash va iste’mol qilishda gumon qilinmoqda.
Mahalliy OAVlarning xabariga ko‘ra, mashhur aktyorning o‘g‘li uch yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
32 yoshli Jeysi Chan avgust oyida Pekinda qo‘lga olingandi. Qon analizlari uning organizmida marixuana borligini ko‘rsatgan va uning uyida o‘tkazilgan tintuv ishlari davomida 100 gramm giyohvand modda topilgan.  Jeysi 8 yil avval giyohvand moddalarni iste’mol qilishni boshlaganini tan oldi.
Jeki Chan o‘g‘li qilgan ishi uchun ommadan kechirim so‘radi. “Jeysi va shaxsan o‘zimning nomimdan barchadan uzr so‘rayman”,-dedi  aktyor.
Ma’lum bo‘lishicha, Jeki Chan 2009 yili Xitoyda giyohvand moddalarga qarshi kurashish elchisi etib tayinlangandi.
ITAR-TASS agentligining qayd qilishicha, ko‘pgina internet foydalanuvchilar aktyorni qo‘llab-quvvatlashgan. Qolganlar esa o‘g‘lining tarbiyasi uchun vaqt ajratmagani uchun uni tanqid qilishgan.

 


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6522 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Jeki Chan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
6892330 Bechara endi xamani yonida yuzi yerga qarapti ögliyam orqadan iw qganinichi
Like | 0
Mikki ;) ;) ;)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:00
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное