Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Shohruxxon va Jeki Chan o‘zbek kinosiga jalb etilishi mumkinmi?


Uch shahar loyihasi, xorijiy seriallar, o‘zbek kinosi rivoji va boshqalar haqida O‘zA maxbiri “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov bilan suhbat uyushtirdi.

– Uch shahar loyihasini amalga oshirish borasida harakatni boshlab yubordik. Bundan oldin biz dunyo tajribasini o‘rgandik. Misol uchun, dunyoda YuNESKO kinoshahar, deya e’tirof etgan to‘qqizta shahar mavjud. Bizga eng yaqin joylashgan ana shunday kinoshaharlar – Turkiya va Rossiyada. Shuningdek, etnoshaharlar ham uchraydi. Ulardan biri Moskva yaqinida 250 gektarda barpo etilgan.

Biz ham ana shu tajribalar asosida O‘zbekistonda 2022 yilgacha “Uch shahar” majmuasi barpo etishni rejalashtiryapmiz. Ushbu loyiha uch qismdan – “Xalq diplomatiyasi shahri”, “Etnoshahar” va “Kinoshahar”dan tashkil topadi.

Oddiy tilda aytadigan bo‘lsak, “Xalq diplomatiyasi shahri”da yurtimizda yashayotgan turli millat vakillarining madaniyat markazlari yonma-yon quriladi. Prezidentlar alleyasi, “Buyuk Ipak yo‘li“ ko‘chasi, sun’iy tog‘li va sharsharali bog‘, ochiq osmon ostidagi muzey, “Sevishganlar bog‘i”, kafe va restoranlar ham ketma-ket joylashadi.

Qayd etish kerakki, bunday shaharcha hali dunyoning hech bir davlatida mavjud emas.

“Etnoshahar” o‘z nomi bilan o‘tmish haqida hikoya qiladi. Misol uchun, Amir Temur saroyi xiyoboni, hovlilar, milliy shakldagi kafe va restoranlar, suvenir rastalari, eski ko‘chalar, minora, mehmonxonalar, shahar darvozasi majmuasi quriladi. Qisqasi xorijdan kelganlar sharqona ruhiyatni ko‘radi. “Kinoshahar” esa suratga olish uchun pavilon, kinomahalla, ko‘p kvartirali turar-joy, supermarket, xususiy maktab va bog‘cha, biznes-markaz, kinoakademiya kabilardan iborat bo‘ladi. Eng muhimi, mazkur shaharlarda tasvirga olish ishlarini bemalol olib borish imkon bo‘ladi.

Maqsad nima? Maqsad kinosanoatni rivojlantirish orqali sayyohlarning yurtimizga ko‘proq jalb qilish. Qolaversa, yoshlarimizning madaniyatini va ma’naviyatini yanada oshirishga xizmat qiladigan maskan barpo etish. Misol uchun, o‘zbek tomoshabinlari uchun yaxshi tanish bo‘lgan “Muhtasham yuz yil“ serialini olish uchun dekoratsiya qurishga 10 million sarflangan. Ayni vaqtda ana shu dekoratsiyalarni ko‘rishga kelayotgan minglab sayyohlar tufayli foyda ikki milliarddan oshmoqda.

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, bizda ham ba’zi filmlar yoki seriallar uchun katta mablag‘ evaziga dekoratsiya quriladi. So‘ngra qanchadan-qancha mablag‘ sarflab qurilgan bu ko‘rinishlar buzib tashlanadi. Endi ular kinoshaharchada puxta quriladi va buzilmaydi. Eski ko‘chalar, saroylar bo‘ladimi yoki muhtasham uylarmi, hammasi saqlab qolinadi. Ular kelgusida milliy va xorijiy studiyalar suratga olish ishlarini olib borishi va sayyohlarni tomosha qilishi uchun qoldiriladi.

– Bizning kinochilar buni uddasidan chiqa olishadimi? Filmlarimizga jahonga mashhur Shohruxxon, Jeki Chan kabi aktyorlarni jalb qilish imkoni bormi? Menimcha, bunday usulda ham yurtimizni reklama qilgan, ham sayyohlarni ko‘proq jalb qilgan bo‘lardik.

– Albatta eplaymiz. Ma’lum bir davrda sohaga e’tibor berilmaganidan kino oqsoqlanib qoldi. Hozir kuchli aktyorlar, yaxshi rejissyorlar bor. Yaxshi ssenaristlar yo‘q, deb aytardik, endi ular ham ko‘paymoqda. Shunday ekan, hammamiz bir-birimizni tushunib, “bir yoqadan bosh chiqarib“ ishlasak, yutuqlarga erishamiz. Lekin hozir ham maqtashga arzigulik jihatlarimiz yo‘q emas. Kinolarimiz qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikistonda alohida e’tirof etilmoqda. Xalqaro kinofestivallarda yutuqli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.

To‘g‘ri, dunyo tajribasida sohaga investorlarni, mashhur aktyorlarni jalb qilish usuli mavjud. Hademay, biz ham dunyo bilan raqobatlashamiz. Buning uchun yangicha fikrlashimiz, kimdir film yaratishi, boshqasi targ‘ib qilib, dunyoga olib chiqishi, yana biri esa yurtimizga daromad keltirish bilan shug‘ullanishi kerak. Hozir bu yumushlarning hammasini har kim o‘z bilganicha bajarmoqda. Bu tajriba o‘zini u qadar oqlamasligini esa vaqt ko‘rsatmoqda.

Mashhur aktyorlarni jalb qilishga kelsak, albatta bu yaxshi fikr. Bu borada ham tajriba to‘planmoqda. Misol uchun, yaqinda Yaponiyaning eng mashhur rejissyorlaridan biri – Kiyosi Kurosava biz bilan hamkorlikda yurtimizning eng chiroyli joylarida film suratga oldi.

Hindistonlik mashhur kinoaktyor Dev esa “Shodu xurramlik” filmini suratga oldi. Kuzda premerasi kutilayotgan bu kinoda o‘zimizning aktyorlar ishtirok etdi. Shohruxxon, Jeki Changa kelsak, vaqti kelib, ularga mos ssenarilar yozilsa, bu ishni ham qilamiz.

Ayni paytda esa yurtimizga xorijiy kinoijodkorlarni taklif qilib, ularga tashkiliy-texnik xizmatlar ko‘rsatishni o‘ylab turibmiz. Bunda yurtimizning eng chiroyli joylari dunyoga targ‘ib etiladi. Ularda ishtirok etgan yoshlarimiz malaka oshiradi. Kelgusida O‘zbekiston brendi yaratilishiga ishonaman. Vaholanki, yurtimizning shunday hududlari borki, bir vaqtning o‘zida yilning to‘rt faslini tasvirga olsa bo‘ladi.

– Televidenieda ko‘plab seriallar namoyish etilmoqda. Ularning o‘rnini o‘zimizning ijodkorlar yaratgan filmlar qachon egallaydi? Aslida ham tomoshabin qalbiga kirib boradigan serial tayyorlash imkoni qay darajada?

– Dunyo tajribasida seriallar yaxshi daromad keltirmoqda. Ayni vaqtda jahonda Turkiyada tasvirga olinayotgan ko‘p qismli televizion badiiy filmlarga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Natijada teleseriallar eksportidan ular 350 million dollar foyda ko‘rmoqda. 2023 yilga borib Turkiya teleseriallar eksportidan yiliga 1 milliard dollar daromad ko‘radi, deb xomcho‘t qilinmoqda. Xitoyda yiliga mingta, Fransiyada besh yuzta, Rossiyada 250 ta kino olinadi.

Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, biz vaqtni boy berdik. Endi ularga yetib olishimiz, pozisiyani egallashimiz kerak. Buning uchun esa obruimizni qisqa fursatda qayta tiklashimiz kerak. Aks holda, tomoshabin xorijiy badiiy filmlarga ergashib ketadi.

Shuning uchun kelgusida faqat kino ishlab chiqarish emas, balki kinoteatrlarda xizmat sifatini ham oshirish choralarini ko‘rish harakatidamiz.

Misol uchun, filmlarning onlayn namoyishi tashkil etiladi. Tomoshabinlar miriqib, dam olishi uchun filmlar formatini yuqori darajaga ko‘taramiz. Buning uchun keyingi yillarda ellikka yaqin kinoteatr qurish rejalashtirilgan. Ularning aksari yozgi kinoteatrlar bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida milliy kinoni keng tomoshabinlar ommasiga yetkazish sifatini yanada yaxshilaydi.

Olib borilayotgan bu choralardan birgina maqsad ko‘zlangan, u ham bo‘lsa, kino ijodkorlar bilan tomoshabinlar o‘rtasida mustahkam, uzilmas rishtalarni bog‘lash.



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6392 | Рейтинг: 0| Рейтинг: jalb etilishi, O‘zbek kinosi, Jeki Chan, Shohruxxon, mumkinmi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное